MALPIGI

MALPIGI (Malpighi) Marchello (1628.10.3, Krevalkore – 1694.30.11, Rim) — italiyalik biolog va vrach. London Qirollik jamiyati aʼzosi. Tibbiyot d-ri (1653-y. dan), prof. (1656—91). Mikroskopda oʻsimlik va hayvonlar anatomiyasini oʻrganib, ularning hujayradan tuzilganligini taʼriflab berdi. Oʻrgimchaksimonlar, koʻpoyoqlilar va hasharotlar talogʻining limfa tanachalari, buyrak chigallarini, chiqarish organlarini (q. Malpigi naychalari), terining oʻsish qavatini, shuningdek, oʻpka alveolalari, tildagi taʼm bilish soʻrgʻichlarini tavsifladi. Kapillyarlarda qon aylanishini aniqladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x