MURUNTOV OLTIN KONI

MURUNTOV OLTIN KONI — Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy sh. dan 180 km shim. da, Zarafshon sh. dan 40 km sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va b. xususiyatlariga koʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy … Читать далее

MARMAR

MARMAR (lot. marmor, yun. marmaros — yaltiroq tosh soʻzidan) — kristalli togʻ jinsi. Ohaktosh yoki dolomitning toʻla qayta kristallanishidan hosil boʻlgan. Mineral donachalarining oʻlchamiga qarab (0,05 — 2,25 mm) mayda, oʻrtacha va yirik donachali Marmarlar farq qilinadi. Mayda donachali Marmar sifatli hisoblanadi, chunki unda gʻovak va darzlik kam. M. ningtarkibi, asosan, kalsit (SaSO3)dan iborat, ozroq … Читать далее

MANQA

MANQA — odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion kasallik. Teri, shilliq pardalar, muskullar va ichki aʼzolarning zararlanishi bilan kechadi. Kasallikni tayoqchasimon bakteriya — Pseudomonas mallei qoʻzgʻatadi. Manqa zoonoz infeksiya boʻlib, aksari bir tuyokli hayvonlar (ot, eshak, xachir, tuya va zebralar)da uchraydi. Kasallik, koʻpincha, odamga Manqa bilan ogʻrigan otlardan yuqadi. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisi shikastlangan teri yoki shilliq qavatlar … Читать далее

MUQIMIY TEATRI

MUQIMIY TEATRI, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yirik teatrlaridan biri. 1939-y. 30-noyabrda komik aktyor M. Miroqilov tashabbusi bilan Respublika komediya va satira teatri sifatida tashkil etilib, faoliyatini «Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi» (Hamza) spektakli (rej. M. Miroqilov) bilan boshlagan. Ijodiy guruh 45 kishidan iborat boʻlib, Mirshohid Miroqilov — badiiy rahbar, F. … Читать далее

MALIK

MALIK (arab. — ega, hukmron) — islomgacha boʻlgan arab davlatlari (Facsoniylar, Lahmiylar)da hukmdor, Markaziy Arabistondagi qabilalar konfederatsiyasi va Jan.-Sharqiy Arabistonning baʼzi qabilalari boshliqlari, shuningdek, Xadramavt hududidagi kinda qabilasi zodagonlari vakili. Islom vujudga kelishi bilan «Malik» atamasi musulmon boʻlmagan hukmdorlarga (monarx maʼnosida) nisbatan qoʻllanildi. Arab xalifaligi parchalanib ketgach, xalifalik hududida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hukmdorlari Malik … Читать далее

MUHANDISLIK GEOLOGIYASI

MUHANDISLIK GEOLOGIYASI — geologiyaning Yer pusti yuqori qatlamlarining hoz. geologik sharoitlari va dinamikasini muhandislikqurilish va b. xoʻjalik tadbirlari nuqtayi nazaridan oʻrganadigan sohasi. Muhandislik geologiyasining asosiy vazifasi — geologiyaning turli inshootlarni loyihalash, qurish va undan foydalanish bilan bogʻliq amaliy masalalarni yechish. Shuningdek, Muhandislik geologiyasi geografik muhitdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda muhim rol oʻynaydi. Muhandislik … Читать далее

MUSSONLAR

MUSSONLAR (frans. moussons; arab, mavsum — yil fasllari) — Yer yuzasida va troposferaning quyi qismida doimo bir tomonga esadigan va faqat yil fasllarining almashinishi b-ngina oʻz yoʻnalishini qarama-qarshi tomonga oʻzgartiradigan havo oqimi. Bunda quruq, kam bulutli havo oʻrnini sernam, seryogʻin havo oladi (yoki, aksincha boʻladi). Mussonlarning hosil boʻlishida materik bilan okeanning turlicha isishi sabab boʻladi. … Читать далее

MUSKULLAR

MUSKULLAR, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq Muskullarga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil … Читать далее

MUZLAGAN TOGʻ JINSLARI

MUZLAGAN TOGʻ JINSLARI — tarkibida muz sakdovchi tabiiy mineral va organikmineral agregatlar. Yer poʻstining eng yuqori qatlamida uning qisqa muddat, mavsumiy va koʻp yillik yaxlashidan vujudga keladi. Uzluksiz muzlagan qolatda boʻlgan vaqtiga qarab qisqa muddatli va mavsumiy muzlagan (bir yildan kam muddat), bir yildan ikki yilgacha va koʻp yillik (ikki yildan ortiq) muzlagan togʻ jinslariga … Читать далее

MOLIBDENIT

MOLIBDENIT, molibden yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi MoS2; 60% Mo va 40% S dan iborat. Har vaqt oz mikdorda Re qoʻshimchasi boʻladi. Geksonal singoniyali. Varaqsimon va tangasimon agregatlardan iborat. Rangi qoʻrgʻoshsimon kulrang, metallsimon yaltiroq. Qattiqligi 1, zichligi 4620 — 4800 kg/m3. M. nihoyatda yuqori t-rali sharoitda greyzenli, kam hollarda pegmatitli konlarda volframit, … Читать далее