MUHANDISLIK GEOLOGIYASI

MUHANDISLIK GEOLOGIYASI — geologiyaning Yer pusti yuqori qatlamlarining hoz. geologik sharoitlari va dinamikasini muhandislikqurilish va b. xoʻjalik tadbirlari nuqtayi nazaridan oʻrganadigan sohasi.

Muhandislik geologiyasining asosiy vazifasi — geologiyaning turli inshootlarni loyihalash, qurish va undan foydalanish bilan bogʻliq amaliy masalalarni yechish. Shuningdek, Muhandislik geologiyasi geografik muhitdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda muhim rol oʻynaydi. Muhandislik geologiyasining ilmiy yoʻnalishlari: muhandislikgruntshunoslik — togʻ jin-slarining tarkibi va muhandislik-geologik xossalarini tabiiy joylashgan yerida va lab. da oʻrganadi. Regional gruntshunoslik yaxshi rivojlangan boʻlib, alohida togʻ jinslari va tuproqning Muhandislik geologiyasi xususiyatlari va tarqalish qonuniyatlarini tadqiq etadi; m u handislik geodinamikasi — tabiat hodisalari va odamlarning muhandislik va xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq oʻzgarish va jarayonlar (surilmalar, sel, karst, choʻkish va h. k.)ni oʻrganadi va ularning oldini olish, bartaraf etish haqida tavsiyalar ishlab chiqadi; regional Muhandislik geologiyasi — Yer pusti turli qismlarida muhandislik-geologik sharoitlarining oʻzgarish qonuniyatlari xarakterini oʻrganadi. Shuningdek, muhandislik geoekologiyasi, seysmologiya, shaxarlar, dengiz M. g. va b. rivojlanmoqda. Muhandislik geologiyasi xaritalarida barcha geologik omillar koʻrsatiladi.

Inshootlarning zamini haqidagi bilimlar qadim zamonlardan toʻplab kelingan. Qadimda mahobatli saroylar, maqbara va minoralar, gidrotexnika inshootlari, ibodatxonalar qurishdan oldin muhandislar amaliy tajribalari va ustoz-shogird vorisligi asosida qurilish boʻladigan yerni puxta oʻrganib, inshootlarga salbiy taʼsir koʻrsa-tuvchi choʻkish, yer qimirlash, suv bosish kabi jarayonlar hisobga olingan, ularni oldini olish uchun zaruriy choralar koʻrilgan. Muhandislik geologiyasi amaliyotiga rioya qilib tiklangan yodgorliklardan Misr ehromlari, Hindiston va Hindixitoydagi ibodatxonalar, Xiva, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va b. qadimgi shaharlardagi Madrasa, minora va b. meʼmoriy inshootlarning aksariyati hozirgacha saqlangan. Muhandislik geologiyasining Yevropada paydo boʻlishi va rivojlanishi 19-a. ning 2-yarmida, t. y., tunnel, koʻprik, metropolitenlar qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan.

Oʻzbekistonda Muhandislik geologiyasining rivojlanishi irrigatsiya inshootlari (Katta Fargʻona, «Doʻstlik» va b. kanallar), gidrotexnika inshootlari (ChirchiqBoʻzsuv GESlar kaskadi, Chorvoq suv ombori va GES), Mirzachoʻl, Dalvarzin, Qarshi choʻllarini oʻzlashtirish, eski shaharlarni qayta qurish, yangi shaharlar bunyod etish bilan bogʻliq boʻldi. Muhandislik geologiyasi 20a. 30-yillaridan tez rivojlana borib, alohida fanga aylandi. Tosh-kentda 1927-y. dan turli loyihalash tashkilotlari tarkibida Muhandislik geologiyasi boʻlimlari, geologiya muassasalarida otryadlar va h. k. boʻlgan. 1952-y. «Oʻzbekgidrogeologiya» tresti va uning tarkibida Muhandislik geologiyasi ekspeditsiyasi, 1960-y. daToshkentda Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi ilmiy tadqiqot in-ti («Gidroingeo») tashkil etildi. Oʻzbekistonda Muhandislik geologiyasi sohasidagi tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar jahon andozasidan kam emas. Muhandislik geologiyasi rivojiga K. Terdagi (AQSH), M. Arnold (Fransiya), D. Smit (Angliya), R. Volter (Germaniya), F. P. Savarenskiy, V. A. Priklonskiy (RF), Oʻzbekistonda O. K. Lange, F. O. Mavlonov, K. P. Poʻlatov, E. V. Mavlonov va b. hissa qoʻshganlar.

Ad:. Qodirov E. V., Shermatov M. Sh., Akbarov X. A., Mavlonov E. V., Odilov A. A., Tabiiy muhitni muqofazalashning geologik asoslari, T., 1999; Nazarov M. 3., Injenerlik geologiyasi, T., 1985; Ergashev I., Injenerlik geologiyasi va gidrogeologiya, T., 1990.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x