MALIK

MALIK (arab. — ega, hukmron) — islomgacha boʻlgan arab davlatlari (Facsoniylar, Lahmiylar)da hukmdor, Markaziy Arabistondagi qabilalar konfederatsiyasi va Jan.-Sharqiy Arabistonning baʼzi qabilalari boshliqlari, shuningdek, Xadramavt hududidagi kinda qabilasi zodagonlari vakili. Islom vujudga kelishi bilan «Malik» atamasi musulmon boʻlmagan hukmdorlarga (monarx maʼnosida) nisbatan qoʻllanildi. Arab xalifaligi parchalanib ketgach, xalifalik hududida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hukmdorlari Malik deb atala boshlandi.

Qurʼoni karimda «Malik» istilohi podshoh, shuningdek, Alloxning si-fatlaridan biri maʼnosida qoʻllaniladi.

Sosoniylar davriga oid «Tansara maktublari» asari (260-y.)da aytilishicha, Malik unvoni shohanshoh tomonidan faqat shox, xonadoni aʼzolari va chegara hududlaridagi «alanlar, gʻarbiy viloyatlar, Xorazm va Kobul hokimlari»ga berilgan. Xorazmshohlar davlatida Malik harbiy unvoni 10 ming kishilik otliq qoʻshinga qoʻmondonlik qilgan kishilarga berilgan (mas, Aʼzam Malik, Temur M. va b.). Bu unvonga kamdan kam hollarda aholining quyi qatlamiga mansub kishilar sazovor boʻlishgan. Janglarda alohida jasorat koʻrsatgan Malik larga xon unvoni berilgan.

Moʻgʻullar bosib olgan baʼzi mamlakatlarda (13—14-a. lar) mahalliy hukmdorlar Malik deb atalgan. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Armaniston va Ozarbayjon, Safaviylar davlatidagi yarim mustaqil davlatlarda Malik — yirik mulkdor, mahalliy qad. musulmon va xristian zodagonlarining ajdodi.

Afgʻon qabilalarida Malik — qabila yoki urugʻ boshligʻi; qishloq yoki mahalla oqsoqoli. Hozir Malik — baʼzi arab davlatlari (Iordaniya, Marokash)ning qiroli (podshohi). Musulmonlar ismlarida Malik soʻzi ism (yoki familiya)ning tarkibiy boʻlagi sifatida uchraydi.

Ad.: Lukonin V., Drevniy i rannesrednevekovыy Iran, Malik, 1987; Buniyodov 3., Anushtagin Xorazmshoxlar davlati, T., 1998; Shixab addin Muxammad anNasavi, Jizneopisaniye sultana Djalal ad-Dina Mankburnы, Baku, 1973.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x