QANOTSIMON JABRALILAR

QANOTSIMON JABRALILAR, patjabralilar — ikkilamchi ogʻizlilarga mansub chalaxordali hayvonlar sinfi. Dengizlarda, odatda, oʻtroq, koʻpincha koloniya boʻlib yashaydi. Ichki organlarining tuzilishi va rivojlanishi bosqichlari bilan ichakdan nafas oluvchilarga oʻxshaydi. Tanasi kalta (bir necha sm gacha), oʻzi hosil qiladigan uycha (yoki naycha) ichida joylashgan; uycha sirtiga chiqib, siljib harakatlanishi ham mumkin. Gavdasi xartumcha, yoqa va tanadan iborat. … Читать далее

KEFALLAR

KEFALLAR (Muqiliformes) — suyakli baliklar turkumi. Uz. 30 sm dan 3 m gacha, vazni 40 kg gacha (barrakuda). Jabra pardasi 6—7 yoyli. Suzgichlari tikanli, orqa suzgichi 2 ta, qorin suzgichlari 6 nurli. Tangachalari sikloid yoki ktenoid. 3 oilasi, jumladan, kefallar va barrakudalar, 150 turi malum. Tropik va moʻtadil iqlimli dengizlarning qirgʻoqqa yaqinroq qismida yashaydi. Detrit, … Читать далее

QUYOSHSIMONLAR

QUYOSHSIMONLAR — suyakli baliqlar turkumi. Uz. 10—80 sm, vazni 8 kg gacha. Suzgich pufagi yopiq, jabra pardasi 5—8 nurli. Suzgichlari tikanli: orqa suzgichlari 2, qorin suz-gichlari 6—10 nurli (nomi shundan). 50 ga yaqin turi bor. Barcha okeanlarning tropik va iliq suvlarida tarqalgan. Qora dengizda 1 turi uchraydi. Suv tubida, ayrim turlari 1000 m gacha chuqurlikda … Читать далее

QORINOYOQLI MOLLYUSKALAR

QORINOYOQLI MOLLYUSKALAR, shilliq qurtlar — molyuskalar sinfi. Gavdasi asimmetrik tuzilgan; tana (ichki xalta). Oyoq va bosh boʻlimlaridan iborat. Koʻpchilik Qorinoyoqli mollyuskalar tanasi va boshini chigʻanoq ichiga tortib olish xususiyatiga ega. chigʻanogining bal. 0.5 mm dan 70 sm gacha. Yagona yassi oyogʻi yerdamida tovonidagi ma. xsus bezlar ajratib chiqaradigan shilimshiq modda ustida sirpanib harakatlanadi. Ichki xaltasi … Читать далее

QOBIQLILAR

QOBIQLILAR, uroxordalilar, tunikatlar, lichinkaxordalilar — xordalilar kenja tipi. Qobiqlilarning ajdodlari suvda suzib yuradigan birlamchi xordalilar boʻlganligi, ulardan ayrimlari oʻtroq yashashga oʻtganligi taxmin qilinadi. Uz. 0,3 sm dan (appendikulyariyalar) 30 m gacha. Tanasi epiteliy hujayralar ishlab chiqaradigan tiniq epiteliy qobiq — tunika qobiq (nomi shundan) yoki quyuq mantiya bilan qoplangan. Xordasi faqat lichinkalik davrida boʻladi (appendikulyarilardan … Читать далее

ITBALIQ

ITBALIQ — dumsiz amfibiyalar lichinkasi. Uvildirikdan rivojlanadi. Suvda yashaydi. Tashqi jabrasi, harakatlanishga yordam beruvchi uzun dumi, suv osti jismlariga yopishuvchi organi va yon organlari bor. Oyoklari boʻlmaydi. Oʻsimliklar bilan oziklanadi. Metamorfoz yoʻli bilan rivojlanadi, Yuragi dastlab 2 kamerali, rivojlanishi davomida (3—4 oydan keyin) uch kamerali boʻlib qoladi; dumi yoʻqoladi; orqa oyoklari rivojlanadi; jabra va jabra … Читать далее

LANSETNIKLAR

LANSETNIKLAR (Branchiostoma, yaʼni Amphioxus) — bosh skeletsizlar kenja tipiga mansub xordalilar sinfi. Uz. 8 sm gacha, tanasi lansetsimon, shaffof; xordasi tanasining oldingi uchigacha yetadi. 7 turi bor. Tipik vakili lansetnik (Brachiostoma lanceolatum, yaʼni A. lanceolatus) moʻtadil va iliq suvli dengizlarda 10—30 sm chuqurlikda koʻmilib yashaydi; kumdan tanasining oldingi qismi chiqib turadi. Plankton bilan oziklanadi. Dum … Читать далее

QALQONSIMON BEZ

QALQONSIMON BEZ — odam va hayvonlarning ichki sekretsiya bezi. Qalqonsimon bezning rivojlanishi homilalik davrida boshlanib, bola 1 yoshga yetganda uning vazni 1—2 g ni tashkil etadi, oʻsish jarayonida u kattalashib 15—20 g gacha yetadi. Qalqonsimon bez embrion jabra xaltachasi epiteliysidan rivojlanadi. Qalqonsimon bez odam embrioni taraqqiyotining 8—9 oyida toʻliq shakllanib, gormon ajrata boshlaydi, u boʻyinda, … Читать далее

DUMSIZ AMFIBIYALAR

DUMSIZ AMFIBIYALAR (Salientia, Ecaudata, Anura) — amfibiyalar sin-fining bir turkumi. 2500 turi maʼlum. Keng tarqalgan, amfibiyalarning eng yuqori tuzilgan guruhi. Tuzilishi baqaga oʻxshaydi. Tanasi kalta, yapaloq va keng; dumsiz, oyoklari yaxshi rivojlangan, orqa oyogʻi oldingisiga nisbatan ancha uzun boʻlib, sakrab yurishga moslashgan. Itbaligʻida dastlab orqa oyoklari, keyin oldingi oyoklari paydo boʻladi. Boʻyni juda qisqaligidan boshi … Читать далее

ZAHKASHLAR

ZAHKASHLAR (Oniscoidea) — har xil oyoqli qisqichbaqasimonlar kenja turkumi Uz. 1—50 mm. 1000 ga yaqin turi maʼlum. Koʻpchilik turlari quruqlikda yashashga moslashgan. Nam joylarda hayot kechiradi (nomi shundan olingan). Kechasi faol, kunduzi pana joylarga yashirinib oladi. Choʻlda hayot kechiradigan 3. Hemilepistus cristatus inining chuqurligi 1 m ga yetadi. Ayrim 3. jabra yaproklarini qoplab turadigan yupqa … Читать далее