QALQONSIMON BEZ

QALQONSIMON BEZodam va hayvonlarning ichki sekretsiya bezi. Qalqonsimon bezning rivojlanishi homilalik davrida boshlanib, bola 1 yoshga yetganda uning vazni 1—2 g ni tashkil etadi, oʻsish jarayonida u kattalashib 15—20 g gacha yetadi. Qalqonsimon bez embrion jabra xaltachasi epiteliysidan rivojlanadi. Qalqonsimon bez odam embrioni taraqqiyotining 8—9 oyida toʻliq shakllanib, gormon ajrata boshlaydi, u boʻyinda, hiqildoq togʻaylari sohasida joylashgan; 2 palla va boʻyinchadan iborat. Qalqonsimon bezni bir juft yuqori va bir juft pastki arteriyalar qon bilan taʼminlaydi, simpatik va parasimpatik nerv tolalari innervatsiya qiladi. U organizmda modda va energiya almashinuvi regulyatsiyasida ishtirok etuvchi yodli gormon tiroksin (T4), triyodtironin (TZ) va tireokalsitonin ishlab chiqaradi. Qalqonsimon bez funksiyasini markaziy nerv sistemasi, faoliyatini esa gipofiz bezi boshqaradi.

Gipofizning tireotrop gormoni Qalqonsimon bez funksiyasi va rivojlanishini kuchaytiradi. Organizmda Qalqonsimon bezning ahamiyati juda katta, u bosh miya faoliyati, moddalar almashinuvi, suyak oʻsishi, immun sistemalar, jismoniy va aqliy rivojlanish, jinsiy yetilish jarayonlari, adaptatsiya va boshqalar reaksiyalarni taʼminlaydi. Bu bez faoliyatining buzilishi buqoq, gipotireoz, gipertireoz va boshqalar kasalliklarga olib keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x