JABRA

JABRA (branchtae) , oyquloq — suv hayvonlarining gaz almashinuv organi. Kelib chiqishi va tuzilishi har xil boʻlgan tana oʻsimtasidan iborat. Jabrada qon (yoki limfa) tomirlari qalin toʻr shaklida tarmoqlangan. Tomirlarning yupqa devori orqali qon yoki tana suyukligidan atrof muhitga SO2 ajralib, undan O2 yutiladi. Halqali chuvalchanglar J. si juda oddiy tuzilgan boʻlib, parapodiylarida (erkin oʻrmalab … Читать далее

CHIQARISH SISTEMASI

CHIQARISH SISTEMASI, ayirish sistemasi, ekskretor sistema — tirik organizmlarda ortiqcha suv, moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari, tuz, shuningdek, unda hosil boʻladigan yoki tashqi muhitdan kiradigan zaharli moddalarni organizmdan tashqi muxitga chiqarib turadigan organlar majmui. Odam va yuksak sut emizuvchilar Ch. s. bir juft buyrak, ulardan boshlanadigan bir juft siydik yoʻli, qovuq va siydik toʻkish nayidan iborat. … Читать далее

SUYAKLI BALIQLAR

SUYAKLI BALIQLAR (Osteihthyes) umurtqali hayvonlar sinfi. Quyi devon davridan maʼlum. Uz. 0,7—1,1 sm dan 5—7 m gacha, baʼzan undan koʻproq; vazni 1,5 t gacha. Ichki skeleti birmuncha suyaklangan, baʼzi turlarida togʻaydan iborat. Tangachalari ganoid, kosmoid yoki suyakdan tuzilgan. Dum boʻlaklarini togʻay yoki suyak nurlar ushlab turadi. Jabralari toʻsiq bilan boʻlinmagan, jabra teshiklari jabra qopqoqlari bilan … Читать далее

SALPLAR

SALPLAR (Salpae) qobiqlilar kenja tipiga mansub sinf. Koloniya boʻlib erkin suzib yuruvchi dengiz hayvonlari. Voyaga yetgan davrida dumi va xordasi boʻlmaydi. Tanasi bochkasimon; uzunligi bir necha mm dan 33 sm gacha; qalin shaffof qobiq bilan qoplangan; qobiq orqali ichagi va qalqonsimon muskullari koʻrinib turadi. Ogʻiz va kloaka teshiklari tanasining qaramaqarshi tomonlarida joylashgan. Halqumida 1 juft … Читать далее

DUMLI AMFIBIYALAR

DUMLI AMFIBIYALAR (Caudata Urodela) — amfibiyalar sinfining bir turkumi. Dumli amfibiyalar Shim. yarim sharning oʻrta mintaqasida, bir nechta turi Jan. Amerikada tarqalgan. Hammasi boʻlib 150 ga yaqin turi bor. Ularning tashqi koʻrinishi kaltakesakka oʻxshaydi. Dumi uzun, oyoklari kalta, baʼzan rudiment xrlda (amfiumada), baʼzilari (siren)da oyoq boʻlmaydi. Oyoqlari suzishda ishtirok etmaydi. Tanasi va dumi yordamida suzadi. … Читать далее

NAFAS

NAFAS, nafas olish — organizmga kislorod kirib, undan karbonat angidrid (SO2) chiqib ketishi, shuningdek, hujayra va toʻqimalarda kislorod yordamida kechadigan organik moddalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida organizm hayot faoli-yati uchun zarur boʻlgan energiya ajralib chiqishidan iborat jarayonlar majmui. Bir hujayrali jonivorlar va tuban oʻsimliklar N. olishidagi gaz almashi-nuvi hujayralar sirti orqali, yuksak oʻsimliklarda butun tanadagi hujayralararo … Читать далее

NAFAS ORGANLARI

NAFAS ORGANLARI — organizm b-n tashqi muhit (suv yoki havo) oʻrtasida gaz almashinuvi uchun ixtisoslashgan organlar. Hayvonlarda tana qoplagʻichi yoki ichagi devorining botib kirishi yoki boʻrtib chiqishi tufayli vujudga kelgan. Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlar (gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, tuban qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da Nafas organlari boʻlmaydi. Umurtqalilar orasida teri orqali nafas olish kam harakatlanadigan va mayda hayvonlar — ayrim … Читать далее

ILONBOSH

ILONBOSH (Channidae yoki Ophiocephalidae) — olabugʻasimonlar turkumiga mansub baliq. Tanasining uz. 15—120 sm, vazni 7 kg gacha. Asl vatani tropik Afrika, gʻarbiy va jan. sharqiy Osiyo, Amur daryosi havzasi. Yassilashgan boshi tangachalar bilan krplangan bulib, ilon boshiga uxshaydi. Orqa va anal suzgichlari uzun. I. ning atmosfera havosidan nafas olishga imkon beradigan jabra usti organi bor. … Читать далее

GLOXIDIY

GLOXIDIY (yun. glochis — kamon uchi, tirnoq) — chuchuk suv ikki pallali mollyuskalari (baqachanoq, sadafdorlar) ninglichinkasi. Gloxidiy bahorda mollyuskalarning jabra varaqlari orasiga qoʻyilgan va urugʻlangan tuxumlaridan rivojlanadi. Gloxidiyda ham voyaga yetgan mollyuskadagi singari ikki pallali chigʻanoq, sezuvchi qillar va bissus bezidan hosil boʻladigan ip boʻladi. Gloxidiy bir oz suvda harakatlangach, chigʻanoq pallalaridagi tishchalari va lichinkalik … Читать далее