QOBIQLILAR, uroxordalilar, tunikatlar, lichinkaxordalilar — xordalilar kenja tipi. Qobiqlilarning ajdodlari suvda suzib yuradigan birlamchi xordalilar boʻlganligi, ulardan ayrimlari oʻtroq yashashga oʻtganligi taxmin qilinadi. Uz. 0,3 sm dan (appendikulyariyalar) 30 m gacha. Tanasi epiteliy hujayralar ishlab chiqaradigan tiniq epiteliy qobiq — tunika qobiq (nomi shundan) yoki quyuq mantiya bilan qoplangan. Xordasi faqat lichinkalik davrida boʻladi (appendikulyarilardan tashqari). Selom qoldigʻi bor. Ichagi sirtmoqqa oʻxshab egilgan, orqa ichagi jabra oldi boʻshligʻiga ochiladi (appendikulyariyalar). Qon aylanish sistemasi yurak xaltasi va lakunalar toʻridan iborat. Nerv sistsmasi miya gangliysi va undan ketadigan orqa nerv poyasidan tashkil topgan. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Germafrodit. Ayrim turlarida murakkab rivojlanadigan, appendikulyatsi-yalarga oʻxshash lichinka bor. Koʻpchilik Qobiqlilar kurtaklanib koʻpayib, koloniya qosil qiladi. 5 sinf: assidiyalar, olovtanalilar, salplar, bochkasimonlar, appendikulyariyalarga boʻlinadi. 1500 ga yaqin turi bor. Dengizda oʻtroq yashaydi, yakka yoki koloniya boʻlib suzib yuradi. Mayda hayvonlar, suvoʻtlar va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии