QANOTSIMON JABRALILAR

QANOTSIMON JABRALILAR, patjabralilar — ikkilamchi ogʻizlilarga mansub chalaxordali hayvonlar sinfi. Dengizlarda, odatda, oʻtroq, koʻpincha koloniya boʻlib yashaydi. Ichki organlarining tuzilishi va rivojlanishi bosqichlari bilan ichakdan nafas oluvchilarga oʻxshaydi. Tanasi kalta (bir necha sm gacha), oʻzi hosil qiladigan uycha (yoki naycha) ichida joylashgan; uycha sirtiga chiqib, siljib harakatlanishi ham mumkin. Gavdasi xartumcha, yoqa va tanadan iborat. Yoqasida kipriklar bilan qoplangan, qanotsimon 1 —6 juft paypaslagichlari bor (nomi shundan). Qorin qismida ogʻzi joylashgan. Kengaygan bezli bosh qalqoni sirpanib harakatlanish va uycha qurishi uchun kerak boʻladigan modda ishlab chiqarish vazifasini bajaradi. Patsimon paypaslagichlari yordamida nafas oladi va suvdan oziqzarrachalariniyigʻadi. Oʻtroqhayotga moslanish natijasida ichagi halqasimon buralgan; orqa chiqaruv teshigi tanasining orqa tomoniga oʻtgan; qorin tomonida poyachasi hayvonni uychaga yopishtirib turadi. Ayrim Qanotsimon jabralilarda jabra yoriqlari boʻlmaydi. Jinssiz kurtaklanib va jinsiy koʻpayadi. Koloniyasi kurtaklanish orqali hosil boʻladi. Uch urugʻga mansub 22 turi maʼlum.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x