GAITI

GAITI (Haiti), Gaiti Respublikasi (RepubliguedʻHaiti) — Vest-Indiyadagi davlat. Katta Antil o. lari guruhidagi Gaiti o. ning garbiy qismini va bir qancha mayda orollar, jumladan Gonav va Tortyu o. larini oʻz ichiga oladi. Mayd. 27,8 ming km2. Aholisi 7,3 mln. kishi (2000). Poytaxti — Port-o-Prens sh. Maʼmuriy jihatdan 9 depar-tamentga, departamentlar okruglarga, okruglar esa jamoa (kommuna)larga … Читать далее

GRIPP

GRIPP (frans.grippe) , inflyuensa — keng tarqalgan oʻtkir yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. Grippni viruslar qoʻzgʻatadi; ularning A, A,, A2, V, S turlari maʼlum. Viruslar vaqt-vaqti bilan antigen tuzilishini oʻzgartirib turadi. Jumladan, A turining oʻzida antigen xususiyatiga qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Oʻzbekistonda, asosan, A, … Читать далее

GONOKOKK

GONOKOKK — kasallik qoʻzgʻatadigan mikrob; diplokokkparga mansub; nemis olimi A. Neysser topgan (1879). Organizmdan tashqarida uncha chidamli emas; yetarlicha nam joyda (mas, hoʻl lozim, choyshab, mochalkada) boʻlgandagina yuqadi; quritilganda bir necha minutda, 40—45° gacha qizdirilganda esa bir necha soatda halok boʻladi. Dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar Gonokokkni oʻldiradi. Odamda siydik-tanosil yoʻllari (soʻzakla) va koʻz (blennoreyasya) shilliq qavatining … Читать далее

BAHOR KATARI

BAHOR KATARI — konyunktivitning oʻziga xos bir turi; bot-bot qoʻziydi va yillab davom etadi. Bahorda qoʻziganligi uchun b«ahor katari» deb ataladi. Asosan 6 — 20 yoshdagi oʻgʻil bolalarda uchraydi. Bunda erta bahorda kuyesh nuri, koʻkat va gullar hidi taʼsirida ikkala koʻz qizaradi, achishib qichishadi, qovoqlar qirrasi shishib, yuqori qovoq bir oz salqib turadi. Surunkali kechadi. … Читать далее

GOVMIJJA

GOVMIJJA, govmichcha — qovoq chetidagi yogʻ bezlari (tashqi Govmijja) va kiprik tuk piyozchasi (ichki Govmijja)ning oʻtkir yiringli yalligʻlanishi. Tashqi Govmijjada yiringli shish qovoq chetiga, ichki Govmijjada esa shilliq parda tomonga qaragan boʻladi. Bezchalarga yiring paydo qiluvchi mikroorganizmlar tushishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, shuningdek, moddalar almashinuvining buzilishi, avitaminoz, kamqonlik, darmonsizlik, umumiy immunitetning pasayishi, qandli diabet, … Читать далее

BARYER FUNKSIYA

BARYER FUNKSIYA — odam va hayvonlar organizmining oʻz ichki muhitini (qon, limfa va toʻqima suyukligini) tashqi taʼsirlardan himoya qilishi, shu muhitni (tarkibi, kimyoviy, fizik hamda biologik xossalarini) nisbatan bir meʼyorda saqlay olishi (q. Gomeostaz). Organizm bu funksiyani baryerlar deb ataladigan maxsus fiziologik mexanizmlar yordamida amalga oshiradi. Ular shartli ravishda tashqi (teri, shilliq pardalar, nafas, ayirish … Читать далее

BOLGARIYA

BOLGARIYA (Bʼlgariya), Bolgariya Respublikasi — Yevropaning jan., Bolqon ya. o. ning sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 111 ming km2. Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti — Sofiya sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya sh. viloyatga tenglashtirilgan. Davlat tuzumi. Bolgariya — parlamentli respublika. 1946-y. dan 1990-y. 15 noyab. gacha … Читать далее

BLEFAROSPAZM

BLEFAROSPAZM (yun. blepharon — qovoq va spasmos — spazm) — koʻz aylana muskullarining spastik qisqarishi. Blefarospazm koʻz muguz pardasining oʻtkir yalligʻlanish kasalliklarida, koʻz soqqasi shikastlanganda, ogʻiz va burun boʻshligʻi kasalliklarida, allergiya, meningit, isteriya va travmatik nevrozlarda roʻy beradi. Blefarospazm uch shoxli nerv uchlarining qoʻzgʻalishidan kelib chiqadi. Bemor koʻzini ayniqsa yorugʻda ocha olmaydi. Blefarospazm uzoq choʻzilganda … Читать далее

BIRIKTIRUVCHI TOʻQIMA

BIRIKTIRUVCHI TOʻQIMA — odam va hayvonlarda mezenximaaan rivojlanadigan toʻqimalar guruhi. Organizmda trofik, himoya, plastik va mexanik funksiyalarni bajaradi. Xususiy, togʻay va suyak B. t. lari farq qilinadi. Xususiy Biriktiruvchi toʻqima koʻpincha trofik, himoya va plastik funksiyalarni, togʻay Biriktiruvchi toʻqima esa mexanik funksiyani bajaradi; u xondroblast va xondrotsitlar, hujayraaro modda hamda kollagen va elastik tolalardan iborat. … Читать далее

BIOGEN STIMULYATORLAR

BIOGEN STIMULYATORLAR, biologik stimulyatorlar — muayyan sharoitda hayvonlar va oʻsimliklar toʻqimalarida hosil boʻladigan va biologik faollik xususiyatiga ega boʻlgan moddalar. Biogen stimulyatorlar tugʻrisidagi taʼlimot ilk bor V. P. Filatov (1875— 1956) tomonidan ishlab chiqilgan. Biogen stimulyatorlar organizm funksiyalarini tezlashtiradi. Biogen stimulyatorlar li preparatlar oʻsimliklar (aloe bargi ivitmasi) va hayvonlar toʻqimalaridan turli xil omillar (sovitish, qorongʻi … Читать далее