MATERIYA

MATERIYA (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda «umuman odam» boʻlmaganidek «umuman Materiya» ham boʻlmaydi, balki Materiyaning anik, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun Materiya tushunchasini qoʻllashgan. Materiya tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu b-n … Читать далее

METAPLAZIYA

METAPLAZIYA (yun. metaplasso — qayta hosil qilish, oʻzgartirish) — organizm bir xildagi toʻqimalarining boshqa xil toʻqimalarga aylanishi. Umurtqali hayvonlarda Metaplaziya suvda va quruqlikda yashovchilarda koʻz gavhari va toʻr pardasi regeneratsiyasida aniqlangan. Bu jarayonda rangdor parda hujayralari koʻz gavhari hujayralariga, pigmentli epiteliy esa toʻr parda hujayralariga aylanadi. Пост Навигацияси

MUHAMMADIYEV Rahmon Omonovich

MUHAMMADIYEV Rahmon Omonovich (1946.14.5, Denov tumani, Chagʻon qishlogʻi) — koʻz kasalliklari mutaxassisi, Uzbekiston Qaxramoni (2001). Tibbiyot fanlari nomzodi (1974). SamTIni tugatgan (1969), shu in-t koʻz kasalliklari klinikasida ordinator (1969 — 71), Burdenko nomidagi neyroxirurgiya in-tida aspirant (1971-74). Samarqand sh., ke-yinchalik Surxondaryo viloyat koʻz kasalliklari klinikasida turli lavozimlarda ishlagan (1974—81). Afgʻonistonda xizmat qilgan (1981-83). 1984-85 y. … Читать далее

MIGREN

MIGREN (frans. migraine) , miya ogʻrigʻi, gemikraniya — oʻqtin-oʻqtin tutadigan bosh ogʻrigʻi. Aksari ayollarda uchraydi. Kasallikka, asosan, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi, koʻpincha, oilada va naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik sabab boʻladi. Migren aksari balogʻatga yetish davrida kuzatiladi. Kasallik xuruji, odatda, asabiylashish natijasida yoki oʻta charchash oqibatida roʻy beradi. Xurujning tutish muddati, … Читать далее

MOXOV

MOXOV (arab, maxv — yoʻq qilish yoki chetlatish) , lepra, prokaza — butun organizmni, xususan, teri, nerv sistemasi hamda ichki aʼzolarni zararlaydigan surunkali infeksion kasallik. Uni kislotaga chidamli moxov mikobakteriyasi (Mycobactererium leprae Hansen) qoʻzgʻatadi. Kasallik tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayrim tarixiy qoʻlyozmalarda taʼkidlanishicha, miloddan 3 — 3,5 ming yil avval M. Misrda uchragan. Moʻgʻuliston, … Читать далее

MUQALLID

MUQALLID (arab. — taqlidchi) — oʻzbek anʼanaviy teatrining janri; shu janr ijrochisi. Mshaklidagi tomoshalarda qush va hayvonlarga taqlid qilingan, hayotdagi baʼzi kishilar xulqatvori, qiziq voqealar kulgili tarzda aks ettirilgan. Muqallid 3 xil: hajviy Muqallidlar («Xum oʻgʻrisi», «Qimorbozlar», «Sudxoʻr akam jon beradi»), parodiyalar («Uloqchilik», «Kelin tushdi», «Yogʻoch polvon», «Novvoylik»), pantomimalar («Kiyik oʻyin», «Toʻrgʻay», «Bedana oʻyin»). M. … Читать далее

MELANOZ

MELANOZ (yun. melano — qorayaman) — aʼzo va toʻqimalarda (teri, koʻz toʻr pardasi va b.) melaninlar guruhiga mansub jigarrang yoki qora pigmentlarning jadal hosil boʻlishi va ortiqcha yigʻilishi. Tugʻma va turmushda orttirilgan Melanoz farq qilinadi. Tugʻma Melanoz sepkil yoki pigmentli tugʻma dogʻ koʻrinishida namoyon boʻladi. Turmushda orttirilgan Melanoz aksari ichki sekretsiya bezlari (buyrak usti bezlari, … Читать далее

MANQA

MANQA — odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion kasallik. Teri, shilliq pardalar, muskullar va ichki aʼzolarning zararlanishi bilan kechadi. Kasallikni tayoqchasimon bakteriya — Pseudomonas mallei qoʻzgʻatadi. Manqa zoonoz infeksiya boʻlib, aksari bir tuyokli hayvonlar (ot, eshak, xachir, tuya va zebralar)da uchraydi. Kasallik, koʻpincha, odamga Manqa bilan ogʻrigan otlardan yuqadi. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisi shikastlangan teri yoki shilliq qavatlar … Читать далее

MUHOKAMAT UL-LUGʻATAYN

«MUHOKAMAT UL-LUGʻATAYN» («Ikki til muhokamasi», 1499) — Alisher Navoiynint tilshunoslikka oid asarlaridan biri. Navoiy «Muhokamat ul-lugʻatayn ul-l.»da oʻzbek tilining boyligini, qudratini, oʻsha zamonning adabiy tillari qatoridan oʻrin olishga qodir va haqli ekanligini ilmiy tomondan isbotladi. Asarda oʻzbek (turkiy) va fors tillari unli tovushlar, leksika va morfologiya doirasida oʻzaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, … Читать далее

PAULO

PAULO Koelyo (1947, Rio-deJaneyro) — Braziliya yozuvchisi. Jurnalistika bilan shu-gʻullangan, teatr rejissurasi va dramaturgiya sohasida ham oʻzini sinab koʻrgan. Portugal tilida ijod qilgan. Dastlabki romani «Ibodat» (1987). «Alximik» (1988) romani mashhur. Romanda inson qudratiga, uning kelajagiga ishonch tuygusi aks etgan. Paulo «Brida» (1990), «Valkirilar» (1992), kundaliklar asosida yozilgan «Maktub» (1994), «Pyedra daryosi sohilida oʻtirib koʻz … Читать далее