BOSH OGʻRIGʻI

BOSH OGʻRIGʻI — boshda ogʻriq sezish; turli xastaliklarning eng koʻp uchraydigan belgilaridan biri. Bosh yoki miya pardalari va tomirlaridagi nerv oxirlarining taʼsirlanishi tufayli kelib chiqadi. Qattiq charchash, shamollash, asabiylashish holatlari, burun yondosh boʻshliqlarining kasalliklari, gipertoniya, miyada qon aylanishining buzilishi yoki unda oʻsma paydo boʻlishi, yuqumli kasalliklar, ichki aʼzolar kasalliklari, zaharlanish va b. B. o. ga … Читать далее

VITAMINLAR

VITAMINLAR (lot. vita – hayot) ,darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad. Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. Vitaminlarni ilmiy nuqtayi nazardan oʻrganish 18-a. da boshlagan. … Читать далее

BALIQLAR

BALIQLAR (Pisces) — umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan Baliqlarning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan Baliqlarning tanasi yapaloq boʻladi. Skeleti togʻaydan (togʻayli b.) yoki suyakdan (suyakli Baliqlar) iborat. Jagʻlari yaxshi rivojlangan. Baliqlar tanasini … Читать далее

BURHONIDDIN MARGʻINONIY

BURHONIDDIN MARGʻINONIY (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy alRishtoniy al-Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand) — buyuk faqih, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi … Читать далее

BURKINA FASO

BURKINA FASO (Bourkina Faso) (1984-y. avg. gacha Yuqori Volta Respublikasi) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 274,2 ming km2. Aholisi 10,4 mln. kishi (1990-y. lar oxiri). Poytaxti — Uagadugu sh. Maʼmuriy jihatdan 45 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Amaldagi konstitutsiya 1991-y. 2-iyundagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan … Читать далее

GIPERTONIYA KASALLIGI

GIPERTONIYA KASALLIGI, birlamchi (essensial) arterial gipertoniya, idiopatik arterial gipertoniya — odamlarda koʻp uchraydigan (75% gacha) arterial qon bosimining oshishi. Sabablari: turli oʻtkir yoki surunkali ruhiy (emotsional) iztiroblar, irsiy yoki kasbiy omillar, ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik va b. Gipertoniya kasalligi klinik kechishiga qarab ikki xil boʻladi: 1) sokin, uzoq muddat davom etadigan va 2) shiddatli, tez … Читать далее

GETEROXROMIYA

GETEROXROMIYA (getero… va yun. chroma — rang, tus) — oʻng va chap koʻz yey pardalarining yoki bir koʻz yoy pardasi turli qismlarining har xil rangli boʻlishi. Tugʻma yoki hayot davrida kelib chiqadi. Boʻyin simpatik nervining zararlanishi Geteroxromiyaga sabab boʻladi. Deyarli hamisha Gorner sindromi qayd qilinadi (qorachiq torayadi, koʻz kisiqroq boʻladi, koʻz soqqasi ichiga botadi). Пост … Читать далее

GIDROFTALM

GIDROFTALM (gidro… va yun. ophthalmos — koʻz) — bolalardagi tugʻma glaukomatsa koʻz ichi bosimining ortishi sababli koʻz soqqasining choʻzilishi va kattalashuvi. Koʻz muguz pardasining diametri kattalashadi, choʻzilgan sklera koʻkimtir rangda boʻladi. Koʻruv nervi atrofiyasi rivojlanishi sababli koʻrish yomonlashadi. Jarrohlik usuli bilan davolaniladi. Пост Навигацияси

BEZNOITIOZ

BEZNOITIOZ — asosan qoramollar orasida uchraydigan surunkali kechuvchi invazion kasallik. Besnoitia avlodiga mansub sodda jonivorlar qoʻzgʻatadi. Koʻpincha 6 oylik va undan katta boʻlgan yosh mollar kasallanadi. Kasallik boʻkalar orqali tarqaladi. Teri elastikligi yoʻqolib qalinlashadi, juni toʻqiladi, terida qontalash yoriqlar paydo boʻladi, koʻz sklerasining yalligʻlanishi, keratit, koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kuzatiladi. Klinik belgilarga, gistologik, parazitologik va serologik … Читать далее

GALLYUTSINATSIYA

GALLYUTSINATSIYA (lot. haUucinatio – xom xayol, bemaʼni, xato) — yoʻq narsa va hodisalarni bordek idrok etish. Idrok etilgan yoʻq obrazlar tashki tasvirga ega boʻlib, ular borliqda real narsalar kabi oʻrin oladi va shu tufayli bemor bularning rostligiga ishonadi, aslida yoʻq narsalarni koʻrayotgan, eshitayotgandek boʻladi. Ruhiy va infeksion zararlanishlar, bosh miya shikastlari, alkogolizm bilan bogʻliq psixozlarda, … Читать далее