BAHOR KATARI

BAHOR KATARI — konyunktivitning oʻziga xos bir turi; bot-bot qoʻziydi va yillab davom etadi. Bahorda qoʻziganligi uchun b«ahor katari» deb ataladi. Asosan 6 — 20 yoshdagi oʻgʻil bolalarda uchraydi. Bunda erta bahorda kuyesh nuri, koʻkat va gullar hidi taʼsirida ikkala koʻz qizaradi, achishib qichishadi, qovoqlar qirrasi shishib, yuqori qovoq bir oz salqib turadi. Surunkali kechadi. Koʻproq allergiyaga sabab boʻladi. Bahor katarini oldini olishda koʻzni kuchli yorugʻlik va changdan ehtiyot qilish; koʻzning kichishishini yoʻqotish uchun vrach buyurgan dorilarni qoʻllash tavsiya etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x