BENZIN

BENZIN (frans. benzine) — turlicha tuzilgan uglevodorodlar aralashmasi, 30—205° oraligida qaynaydigan rangsiz suyuklik. Muzlash t-rasi — 60° , alangalanish t-rasi 0° dan past, zichligi 680—780 kg/m3. Havoda Benzin butlari konsentratsiyasi 0,074—0,123 kg/m3 ga yetganda portlaydigan aralashmalar hosil boʻladi. Benzin, asosan, neftni haydash va katalitik qayta ishlash yoʻli b-n; ozroq toshkoʻmir va yonuvchi slaneslarni qayta ishlash … Читать далее

BUSSOL

BUSSOL (frans. boussole — quticha) — 1) joydagi yoʻnalishlarning magnit azimutini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi magnit meridiani bilan biror predmetga tomon yoʻnalgan chiziq orasidagi gorizontal burchaklarni oʻlchashga asoslangan. Bussolni mukammallashtirilgan kompas deyish mumkin. Kichik joylarning uncha aniqmas gorizontal tarxini olishda ishlatiladi. Oʻlchash uchun Bussolni shtativ ustida burib, magnit milining shim. uchi limbdagi 0° ga … Читать далее

VEGETATIV NERV SISTEMASI

VEGETATIV NERV SISTEMASI (lot. vegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) — odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; V. n. s. ning tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo Vegetativ nerv sistemasi animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat … Читать далее

BODOMOY

BODOMOY — ziynat buyumi; Xorazmda keng tarqalgan. Uchta bodom shakli asosida yotgan yangi oy tasviri boʻlgan murakkab shaklli yaxlit taqinchoq. Bodomoy tagi zanjir, marjon, bargak yoki zigʻiraklardan tuzilgan shokilalar qatori bilan yakunlanadi. Shakllar va ularning aniq chizigʻi egiluvchan doyra hosil qiladi. Xorazm zargarlari uchun anʼanaviy bulgan feruza koʻzlar halqasi b-n oʻralgan yirik koʻz (qubba)lar mujassamoti … Читать далее

BLENNOREYa

BLENNOREYa (yun. blennos — shilimshiq va rheo — oqaman) — koʻz shilliq pardasi (konyunktiva) ga gonokokklar tushishi natijasida uning oʻtkir yiringli yalligʻlanishi. Chaqaloqlar, bolalar va kattalar Blennoreyasi farq qilinadi. Chaqaloqlarga soʻzak (gonoreya) b-n ogʻrigan onadan tugruq vaqgida yoki bolani parvarish qilish vaqtida ishlatilgan buyumlardan yuqadi. Blennoreya koʻproqqiz bolalarda kuzatiladi; shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik sababli … Читать далее

VOLFART PASHSHASI

VOLFART PASHSHASI (Wohlfartia magnifl ca) — taxin pashshalar oilasiga kiradigan hasharot. Tanasi och kulrang, ustida qora dogʻlari bor, uz. 9 — 13 mm. Jan. Yevropa, Shim. Afrika, Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qanot chiqargani oʻtloqlar va yaylovlardagi oʻsimliklar gulida koʻp uchraydi. Volfart pashshasi urchish vaktida hayvonlar yashaydigan joylarga kelib, yetilgan (uz. 1 mm cha) lichinkalarini (120—160 tadan) … Читать далее

VESTA

VESTA — kichik sayyora (asteroid)larning eng yiriklaridan biri (4-raqamli). Nemis astronomi V. Olbers kashf qilgan (1807). Vesta oddiy koʻz b-n koʻrish mumkin boʻlgan yagona kichik (ravshanligi 6ʻ/2 yulduz kattaligida) sayyora, diametri 555 km. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,2 dan 2,6 astronomik birlik gacha, Quyosh atrofida aylanish davri 504 kun. V. Toshkentda 1900-y. dan boshlab kuzatiladi. Пост … Читать далее

BESS

BESS — axomaniylarning Baqtriya va Sugʻdiyonadagi satrapi (hokimi). Axomaniylar naslidan. Mil. av. 333-y. Aleksandr qoʻshinlari bilan Doro III qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan Gavgamela jangoʻda Eron otliq lashkariga qoʻmondonlik qilgan. Eron qoʻshinlari yengilgach, B. Spitamen, Oksiart, Datafarn kabi lashkarboshilar hamda Doro III bilan birgalikda Sugʻdiyonaga chekinadi va qarindoshi Doro III ni xoinona oʻldirib, oʻzini axomaniylar davlatining oliy … Читать далее

BULOQI

BULOQI, aravak — bezak buyumi, burunga taqiladigan bejirim zirak. Baʼzan Buloqiga qimmatbaho toshlardan koʻz ham oʻrnatiladi. Fargʻona vodiysida aravak (yoki «arabak»), baʼzi viloyatlarda «latifa» deb ataladi. Oʻrta asrlarda (SharqArabiston, Hindiston) mamlakatlaridan Markaziy Osiyoga keltirilgan va bu asrlarda ayollar ora,sida Buloqi taqish rasm boʻlgan. Buloqi taqish uchun 3*5 yoshdagi qiz boldlarning burni (shu vaqtda qulogʻi teshilgan. … Читать далее

BOTULIZM

BOTULIZM (lot. botulus — kolbasa) — odam va hayvonlar (ayrim sut emizuvchilar)da uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar guruhiga kiradi. Botulizm (Clostridium botulinum) bakteriyalari bilan ifloslangan ovqatlar isteʼmol qilinganda yuzaga keladi. Botulizm qoʻzgʻatuvchilari tabiatda keng tarqalgan boʻlib, chidamli (sporali) va chidamsiz (vegetativ) xillari uchraydi. Sporalari tashqi muhitda yillab saqlanishi mumkin; sporalar tuproqdan suv, meva, … Читать далее