MUZLIKLAR

MUZLIKLAR — siljib turadigan tabiiy muz toʻplamlari. Bir sutkada bir necha sm dan oʻnlab m gacha siljiydi. Muzliklar koʻp yillar davomida toʻplangan krrlardan paydo boʻladi. Qutb oʻlkalarida (Antarktida, Grenlandiya va shim. orollarda) kalinligi 2 —3 km ga yetadigan muz qatlamlari hosil boʻladi. Muzliklar morfologik jihatdan 3 turga: yer usti muzligi, togʻ muzligi va qirgʻokdagi dengizga … Читать далее

MSHANKALAR

MSHANKALAR (Bryozoa) — paypaslagichlilar tipiga mansub koloniya boʻlib yashaydigan umurtqasiz hayvonlar sinfi. Tanasi daraxtsimon, poʻstloqsimon, bir necha sm kattaliqda. Ularning ayrim individlari zooidlar (uz. 1 mm gacha) deyiladi. Har bir individning koloniyadan bir oz koʻtarilib turadigan oldingi qismi — polipidlari bezovta qilinganida kutikula bilan qoplangan keyingi qismi — sistid ichiga tortilib kiradi. Polipidda paypaslagichlar bilan … Читать далее

MILITSIYA

MILITSIYA (lot. militia — qoʻshin) (OʻzRda) — konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashga daʼvat etilgan, fuqarolar hamda davlat mulkini, qonunchilikni, aholi, korxona va tashkilotlarning qonuniy huquq va man-faatlarini himoya qiluvchi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashuvchi maʼmuriy organ. OʻzR Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar idoralarida xizmat utash tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom» (1993-y. 8 yanv.), … Читать далее

METILETILKETON

METILETILKETON (2-butanon) , SN3SOS2N5 — atsetonni eslatuvchi hidli, rangsiz, uchuvchan suyuklik. Mol. m. 72,12. Suyuklanish t-rasi —86,3°, qaynash t-rasi 79,6°, zichligi 805 kg/m3. Suvda eruvchanligi massasi jihatdan 26,8%. Suv bilan azeotrop aralashma (qaynash t-rasi 73,41°; 88,7% M.) hosil qiladi. Organik erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. Alifatik ketonlarga tavsifli kimyoviy xossalarni namoyon qiladi. Sanoatda Metiletilketon butenlardan olinadi. … Читать далее

MELIORATIV RAYONLASHTIRISH

MELIORATIV RAYONLASHTIRISH — yer va suv resurslaridan unumli foydalanish maqsadida melioratsiya obyekti (hududi — vodiy, voha, xoʻjalik)ni iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoitlarga koʻra, region, oblast, zona, r-n va kichik r-nlarga boʻlish. M. r. tabiiy sharoitlarning xususiyatlari va xoʻjalik yuritish ahvolining aks taʼsirini nazarda tutgan holda yerlarning meliorativ holati koʻrsatkichlarini atroflicha oʻrganishga asoslanadi. Keyingi 20—35 y. … Читать далее

MEKONG

MEKONG (yuqori oqimida Dza-Chu, oʻrta oqimida Lansanszyan deb ataladi) — Hindixitoy ya. o. dagi eng katta dare, Xitoy, Laos, Kambodja, Vyetnam hududlaridan oqadi, qisman Laos bilan Myanma va Tailand oʻrtasidagi chegara vazifasini xam bajaradi. Uz. 4500 km, havzasining mayd. 810 ming km2. Tibet togʻligidagi Tangla tizmasidan boshlanib, Sino-Tibet togʻlarining chuqur daralari orqali va Kambodja tekisligidan … Читать далее

MEGASPORANGIY

MEGASPORANGIY (mega… va sporangiy) — har xil sporali qirqquloqsimonlar va urugʻli oʻsimliklarning bir yoki bir nechta megaspora rivojlanadigan organi. Megasporangiy sporofillar qoʻltiqlarida (selaginelalarda) yoki sporofilldagi maxsus boʻshliqda (izoeteslarda) yoki sporokarplar ichida (suv qirqquloqlarida) bittadan hosil boʻladi. Urugʻli oʻsimliklarda Megasporangiy nutsellus — urugʻkurtakning markaziy qismiga oʻxshash (yana q. Mikrospora). Пост Навигацияси

MANPAR

MANPAR (xitoycha myan — xamir, par — parcha) — xamir taom turi. Tuzli suvda tuxum solib, qattiqroq qilib xamir qoriladi. Sochiqqa oʻrab tindiriladi. Tingan xamirdan tangadaytangaday boʻlakchalar uzib olinib, 2 mm qilib yoyiladi. Yoymadan 2 sm keladigan tasmachalar kesiladi, orasiga urvoq sepib, bir necha qavat qilib taxlab, toʻrtburchak boʻlakchalar kesiladi. Tuzi rostlangan qaynab turgan suvga … Читать далее

POLSHA

POLSHA (Polska), Polsha Respublikasi (Rzeczpospolita Polska) — Markaziy Yevropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Varshava sh. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (wojewodztwo) ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Polsha — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-y. 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1995-y. dan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomonidan umumiy teng … Читать далее

PAXTAARNA KANALI

PAXTAARNA KANALI — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi kad. tuprok, oʻzanli kanal. Uz. 27,6 km, tubining kengligi 20—28 m, chuq. 3,3—4,3 m, kanal boʻyi dambasining kengligi 2—10 m. Suv oʻtka-zish qobiliyati 80 m3/s Amudaryodan suv oladi. Hoz. suv olish inshooti 1957-y. da barpo etilgan shandorli toʻsiqlar bilan taʼminlangan 5 koʻzli (har birining eni 3 m) temir-beton toʻrtburchak quvurlardan … Читать далее