MEKONG

MEKONG (yuqori oqimida Dza-Chu, oʻrta oqimida Lansanszyan deb ataladi) — Hindixitoy ya. o. dagi eng katta dare, Xitoy, Laos, Kambodja, Vyetnam hududlaridan oqadi, qisman Laos bilan Myanma va Tailand oʻrtasidagi chegara vazifasini xam bajaradi. Uz. 4500 km, havzasining mayd. 810 ming km2. Tibet togʻligidagi Tangla tizmasidan boshlanib, Sino-Tibet togʻlarining chuqur daralari orqali va Kambodja tekisligidan oqadi. Oʻzani ser-ostona. Kambodja tekisligiga chiqishda katta sharshara (bal. 21 m) hosil qilgan. Jan. Xitoy dengiziga botqoqlashgan delta (mayd. 70 ming km2) qosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Mun, Tonlesap; chapdan — U, Txan, San. Pnompen sh. yaqinida oʻrtacha suv sarfi 13,2 ming m3/sek. Dare, asosan, mavsumiy yomgʻirlardan, yuqori qismida qor va muzning erishidan suv oladi, bu vaqgda suv sat-hi 10—15 m ga koʻtariladi, suv sarfi esa 30 ming m3/sek. ga yetadi. Tez-tez suv toshklnlari boʻladi. Tonlesap kuli dare oqimini tartibga solib turadi. Dare quyilishidan 700 km, toʻlinsuv paytida 1600 km masofada (Vyentyan sh. gacha) kema qatnaydi. Pnompen sh. gacha (130 km) dengiz kemalari kira oladi. Baliqqa boy, suv parrandasi kup, timsoxlar uchraydi. Mekong sohillarida Luang-prabang, Vyentyan (Laos), Pnompen (Kambodja) sh. lari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x