METILETILKETON

METILETILKETON (2-butanon) , SN3SOS2N5 — atsetonni eslatuvchi hidli, rangsiz, uchuvchan suyuklik. Mol. m. 72,12. Suyuklanish t-rasi —86,3°, qaynash t-rasi 79,6°, zichligi 805 kg/m3. Suvda eruvchanligi massasi jihatdan 26,8%. Suv bilan azeotrop aralashma (qaynash t-rasi 73,41°; 88,7% M.) hosil qiladi. Organik erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. Alifatik ketonlarga tavsifli kimyoviy xossalarni namoyon qiladi. Sanoatda Metiletilketon butenlardan olinadi. Perxlorvinil, poliakril lokboʻyoq materiallar va yelimlar, bosmaxona boʻyoklari uchun erituvchi sifatida, surkov moylarini parafindan, parafinni esa moylardan tozalashda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x