OʻQILON

OʻQILON (Rzattorgpz NpeoMik) — suvilonlar oilasiga mansub ilon. Gavdasi ingichka, uz. 90 sm gacha. Tanasining orqa tomonida 4 ta boʻylama qoramtir yoʻli bor. Tangachalari silliq. Zahar soluvchi tishlari yuqori jagʻ suyagining keyingi qismida. Markaziy va Gʻarbiy Osiyoda, jumladan, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo va Sharqiy Zakavkazyeda tarqalgan. Choʻl va chala choʻllarda yashaydi; togʻlarda ham uchraydi. Juda tez … Читать далее

ENTEROBIOZ

ENTEROBIOZ (entero… va yun. — hayot) — ostritsalar qoʻzgʻatadigan gijja kasalligi. Ular odam ichagida parazitlik qiladi. Urgʻochi gijjalar vaqtvaqti bilan orqa chiqaruv teshigidan oʻrmalab chiqib (koʻpincha kechasi) shu teshik atrofidagi teri burmalariga tuxum qoʻyadi. Tuxumlar 4—6 soat davomida lichinkalarga aylanadi. Bu davrda orqa chiqaruv teshiga sohasi qattiq qichishadi; qashinish davomida bemor parazit tuxumini qoʻliga ilashtiradi, … Читать далее

KALIY PERMANGANAT

KALIY PERMANGANAT (Kalium permanganicum) , margansovka, KMpO4 — antiseptik modda. Toʻq binafsha rangli yaltiroq kristall. Suvda yaxshi eriydi. Eritma qizgʻish-binafsha rangli. Kaliy permanganat toʻqimalarga tushganida oʻzidan kislorod ajratib, burishtiruvchi, qitiqlovchi va kuydiruvchi taʼsir etadi, ayni vaqtda ajralib chiqayotgan kislorod hisobiga mikroblarga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Organik va anorganik kimyoda oksidlovchi, tibbiyotda suvdagi eritmasi yaralarni yuvish, ogʻiz … Читать далее

EMBIYALAR

EMBIYALAR — hasharotlar turkumi. Uz. 1,5—22 mm. Qanotlari kalta, 2 juft; odatda, faqat erkaklarida rivojlangan. Ayrim turlarida ikkala jins ham qanotsiz. Ogʻiz organlari kemiruvchi. Moʻylovlari boshidan uzunroq. Oldingi oyoqlari uchki qismida pufaksimon; ipak hosil qiluvchi suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlari bor. Qorin boʻlimining uchki qismida 2 boʻgʻimli oʻsimtasi joylashgan. Lichinkasi voyaga yetgan davriga oʻxshash; chala oʻzgarish … Читать далее

EPIDEMIK PAROTIT

EPIDEMIK PAROTIT — oʻtkir yuqumli kasallik. Soʻlak bezlari (ayniqsa, quloq oldi bezi)ning yalligʻlanishi bilan kechadi. Filtrlanuvchi viruslar qoʻzgʻatadi. Havo yoʻli orqali, bemor foydalangan turli idishlardan yuqadi. Epidemik parotit hamma yoshdagi kishilarda, koʻproq 5—15 yoshdagi bolalarda uchraydi. Inkubatsion davri 18—20 kun. E. p. da bosh ogʻriydi, gavda t-rasi koʻtariladi. Ogʻirroq hollarda bemor burnidan qon keladi, qusadi, … Читать далее

BAQORILAR

BAQORILAR (Plecoptera) — eng qad. hasharotlar turkumi. Perm davridan maʼlum. Qanotlari ikki juft, toʻrsimon va shaffof, yoyilganida 10 — 80 mm keladi. Boshi yirik, moʻylovlari uzun. ogʻiz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. Koʻpchilik turlarining yetuklik davrida ogʻiz organlari reduksiyaga uchraydi. Lichinkasi suvda, yetuk davrida quruqlikda yashaydi. U 1 — 3 yil davomida rivojlanib, voyaga yetadi. Yetuk … Читать далее

TOʻSHAK QANDALASI

TOʻSHAK QANDALASI, taxta qandalasi (Cimex lectularius) — qandalalar turkumi parazit qandalalar oilasiga mansub hasharot turi. Yer yuzining hamma joyida tarqalgan. Erkagining uz. 4,9 — 6,4 mm, urgʻochisi 4,8 — 8,4 mm. Qizgʻishqoʻngʻir (lichinkasi och sariq). Ogʻiz organlari sanchib soʻruvchi. Qanotlari ikkilamchi marta yoʻqolib ketgan. Odam va issiq qonli hayvonlar ektoparaziti. Qon bn oziklanadi. Toʻshak qandalasi … Читать далее

SSIFOMEDUZALAR

SSIFOMEDUZALAR (Scyphozoa) boʻshliqichlilar tipiga mansub hayvonlar sinfi. Tanasi birmuncha tiniq shishasimon dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga oʻxshash, erkin, yakka yashaydi. Ogʻiz teshigi soyabonining ostki tomoni markazida joylashgan. Oshqozoni chala toʻsiqlar yordamida toʻrtta kameraga boʻlingan. Ogʻiz teshigi atrofida va soyaboni chetida juda kup paypaslagichlari bor. Meduza qavariq tomoni bilan oldinga suzadi. Ssifomeduzalar yirtqich, qar xil plankton … Читать далее

TIK

TIK (frans. tic — uchish, pirpirash) , muskul uchishi — ayrim yoki bir guruh muskullarning ixtiyorsiz tez-tez takrorlanadigan qisqarishi. Aksari yuz, boʻyin, kul muskullari, baʼzan til muskullari va diafragma ham uchadi. Turli kishilarda Tikning tashki alomatlari turlicha, birok, bitta kishining oʻzida, odatda, bir xil namoyon boʻladi, yaʼni har bir takrorlangan xurujda oʻsha bir xil muskullarning … Читать далее

JIGAR QURTI

JIGAR QURTI (Fasciola hepatica) – soʻrgʻichlilar sinfiga mansub parazit chuvalchang turi. Tanasining rangi oqish yoki jigarrang, shakli yaproqsimon. Uz. 20—30 mm, eni 8—13 mm; oldingi uchki qismi konussimon toraygan. Soʻrgʻichlari ikkita. Oldingi ogʻiz soʻrgʻichi oʻrtasida ogʻiz teshigi boʻladi. Ogʻiz soʻrgʻichidan orqaroqda ikkinchi qoʻshimcha qorin soʻrgʻichi joylashgan. 1 – va 2-soʻrgʻichlar oʻrtasida jinsiy teshigi, tanasining orqa … Читать далее