KAPALAK QURTI

KAPALAK QURTI — kapalaklar tuxumidan chiqadigan chuvalchangsimon hasharot. Oʻsimliklarning turli qismlari, baʼzi turlari jun, mum va b. organik moddalar bilan oziqlanadi. Tuxumdan chiqqan Kapalak qurti juda kichik boʻladi. Ketma-ket tullab, gʻumbakka aylanadi; gʻumbakdan voyaga yetgan kapalak chiqadi. Kapalak qurtining gavdasi koʻp boʻgʻimli; ogʻiz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. Boshqa hasharotlar qurtlaridan qorin boʻlimida kalta va toʻmtoq, … Читать далее

XELITSERALILAR

XELITSERALILAR (Chelicerata) boʻgʻimoyoqlilar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar kenja tipi. Uz. 0,05 mm dan (ayrim kanalar) 1,8 m gacha (kazilma evriptidlar). Xelitseralilarning boshi va 6 ta, koʻkrak boʻgʻimi qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi. Qorin qismi 12 boʻgʻimdan, sodda Xelitseralilarda oldingi qorin (7 boʻgʻim) va keyingi qorin (5 boʻgʻim)dan iborat (chayonlar). Boshkoʻkraqda 6 juft oʻsimta bor, ulardan oldingi … Читать далее

OʻSIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI

OʻSIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI — madaniy oʻsimliklarni zararlaydigan yoki ularni nobud qiladigan jonivorlar. Umurtqali hayvonlarning sut emizuvchilar sinfi, ayniqsa, kemiruvchilar turkumiga mansub Oʻsimliklar zararkunandalari koʻp. Umurtqasiz hayvonlardan qorinoyoqli mollyuskalarning ayrim turlari, nematodalar sinfidan yumaloq chuvalchanglarning koʻpchiligi oʻsimliklarni zararlaydi. Boʻgʻimoyoqlilardan hasharotlar sinfi, oʻrgimchaksimonlar sinfi (kanalar), koʻpoyokdilar sinfining baʼzi turlari hamda qisqichbaqasimonlar (eshakqurt) ga mansub turlituman va juda koʻp … Читать далее

KOKSIDLAR

KOKSIDLAR (Cocciniea yoki Coccoidea) — teng qanotlilarga mansub hasharotlar turkumi. Mayda (0,6 — 1 mm), baʼzan oʻrtacha (1,5 sm) kattalikda. Jinsiy dimorfizm yaqqol rivojlangan. Urgʻochilarining tuzilishi juda soddalashgan; tanasi bosh, koʻkrak va qorin qismiga ajralmagan; sirti mumsimon modda bilan qoplangan, qanotlari boʻlmaydi. Erkaqlari bir juft qanotli, oyoqlari rivojlangan, ogʻiz organlari reduksiyaga uchragan. Koksidlar keng tarqalgan, … Читать далее

KOLOVRATKALAR

KOLOVRATKALAR, boshaylangichlilar (Rotatoria) — toʻgarak chuvalchanglar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar sinfi. Boʻyi 0,04—2,5 mm, 2000 tacha turi bor. Tanasi kutikala bilan qoplangan, 3 boʻlim: bosh, tana va oyoqdan iborat (baʼzi Kolovratkalarda hamma boʻlimlar qoʻshilib ketgan). Bosh tomonida doira boʻlib 2 qator joylashgan kipriklari ogʻiz aylangich apparatni hosil qiladi. Kipriklarining maʼlum tomonga qarab bir meʼyorda tebranishi … Читать далее

KANALAR

KANALAR (Acarina) — oʻrgimchaksimonlar sinfiga mansub mayda boʻgʻimoyoqlilar. 3 turkumga boʻlinadi: akariformli Kanalar (Acariformes), parazitformli Kanalar (Parasitiformes) va pichanoʻrar Kanalar (Opiliocarina). Tanasi tuxumsimon yoki choʻziq (uz. 0,1—0,30 mm), aksariyati boʻgʻimlarga boʻlinmagan. Tanasi, odatda, 2 kiyem: ogʻiz apparati joylashgan oldingi — giatosoma va oyoqlari joylashgan orqa qism — idiosomadan iborat. Kanalar hasharotlardan 4, baʼzilari esa 2 … Читать далее

TENG QANOTLILAR

TENG QANOTLILAR (Homoptera) soʻruvchi hasharotlar turkumi. 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Ogʻiz apparati soʻruvchi. Oʻsimlik shirasi bilan ozikdanadi. Koʻzlari, odatda, murakkab; kam harakatlanuvchi va oʻtroq yashovchi turlarida yaxshi rivojlanmagan yoki yoʻq. 2 juft tiniq toʻrsimon qanotlari bor; baʼzi turlarida oddingi juft qanotlari qalinlashgan. Oldingi qanotlari juda yaxshi rivojlangan, ayrim turlarida orqa qanotlar yoʻq boʻlib ketgan. … Читать далее

OYOQDUMLILAR

OYOQDUMLILAR, ayrimdumlilar, poduralar (Callembola yoki Padura) — tuban yoki birlamchi qanotsiz hasharotlarning eng katta turkumi. 2 mingdan ortiq, Oʻrta Osiyoning dehqonchilik mintaqalarida esa 50 ga yaqin turi maʼlum. Choʻzinchoq tanasining uz. 0,2—2 mm. Qorni boʻgʻimlarga boʻlingan yoki yumaloq; oq, yashil, gunafsha, kulrang, koʻpincha ola-bula dogʻli. Usti tuklar yoki tangachalar bilan qoplangan. 4—6 boʻgʻimli moʻylovlari turli … Читать далее

FUZARIOTOKSIKOZ

FUZARIOTOKSIKOZ (Fusariotoxicosis) — chorva mollarining Fusarium turkumiga mansub zamburugʻlar b-n zararlangan ozuqalarni yeyishdan zaharlanishi. Fuzariotoksikoz koʻproq otlar, choʻchqalar va parrandalarda uchraydi (zaharlanish oqibatida oʻlim 3% dan 100%gacha boʻlishi mumkin). Yashirin davri bir necha soatdan 5—6 kungacha, oʻtkir, yarim oʻtkir va surunkali kechadi. Oʻtkir kechganda hayvonlarning umumiy holati yomonlashadi, harakatsizlik kuzatiladi, ich ketadi va burun boʻshligʻidan … Читать далее

PUFAKOYOQLILAR

PUFAKOYOQLILAR (Physopoda), po-pukli qanotlilar (Thysa-noptera) , tripelar — hasharotlar turkumi. Uz. 0,5—2 (baʼzan 14) mm. Qanotlari ingichka, 2 juft, baʼzan boʻlmaydi. Qanotlarining qirrasi boʻylab mayda tuklardan iborat popuklari joylashgan. Ogʻiz organlari sanchib soʻruvchi. 2 mingdan ortiqturi bor. Oʻsimliklarning guli, bargi, mevasida, moxlar va daraxtlar poʻstlogʻida yashaydi. Oʻsimlik shirasi bilan ozikla-nadi, baʼzi turlari yirtqich. Murak-kab metamorfoz … Читать далее