TOʻSHAK QANDALASI

TOʻSHAK QANDALASI, taxta qandalasi (Cimex lectularius) — qandalalar turkumi parazit qandalalar oilasiga mansub hasharot turi. Yer yuzining hamma joyida tarqalgan. Erkagining uz. 4,9 — 6,4 mm, urgʻochisi 4,8 — 8,4 mm. Qizgʻishqoʻngʻir (lichinkasi och sariq). Ogʻiz organlari sanchib soʻruvchi. Qanotlari ikkilamchi marta yoʻqolib ketgan. Odam va issiq qonli hayvonlar ektoparaziti. Qon bn oziklanadi. Toʻshak qandalasi chaqib, odamni bezovta kidali; teri qattiq qichiydi. Xonadonlar, tovuqxonalar, vivariylar, baʼzan qushlar va koʻrshapalaklar uyasida, kemiruvchilar inida yashaydi. Kechasi faol. Tez koʻpayadi. Uzoq vaqt (bir necha oygacha) ochlikka chidaydi; oson tarqaladi. Urgʻochi Toʻshak qandalasi sutkada 12 tagacha, yilda bir necha yuzta tuxum qoʻyadi. Tuxumlari bir necha kundan 1 oygacha rivojlanadi. Lichinkasi rivojlanish davomida (4 — 8 hafta) 5 yoshni oʻtadi. Har bir yoshda bir marta tullaydi. Tullashdan oldin lichinka qonga toʻyib oladi. Voyaga yetgan Toʻshak qandalasi 14 oygacha yashaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x