BIOLOGIK SOAT

«BIOLOGIK SOAT» — odam, hayvonlar va parrandalarning vaqtni his qilish (moʻljallay olish) qobiliyati. Hujayralarda yuz beradigan fizikkimyoviy va fiziologik jarayonlarning qatʼiy davriyligi, yaʼni biologik marom (surʼat)ga asoslangan. Organizmdagi davriy oʻzgarishlar maromi tabiatdagi tabiiy tanlash jarayoni tufayli irsiy jihatdan avloddanavlodga oʻtadi va geofizik omillarning siklik oʻzgarishlariga bogʻliq boʻladi. «Biologik soat» ayniqsa hayvonlar va parrandalarda yaqqol namoyon … Читать далее

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI — buyrak faoliyatining pasayishi sindromi. Toʻsatdan (oʻtkir) yoki sekinasta (surunkali) roʻy beradi. Koʻp qon yoʻqotish, mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi yoki bemorning qon guruhiga moye kelmaydigan qon quyish, tok urishi, septik abort va b. ; dorilar va b. metall tuzlaridan zaharlanish oqibatida buyrak parenximasining shikastlanishi; siydik yoʻlining oʻsma yoki buyrak toshlari … Читать далее

VAKSINALAR

VAKSINALAR (lot. vaccina — sigirga oid) , emlashda ishlatiladigan moddalar — infeksion kasalliklarning oldini olish yoki davolash maqsadida qoʻllaniladigan preparatlar. Mikroorganizmlar, shuningdek ularning zararsizlantirilgan toksinlaridan tayyorlanadi, organizmga yuborilganda tegishli yuqumli kasalliklarga nisbatan sunʼiy orttirilgan faol immunitet vujudga keladi. Tirik, oʻldirilgan, kimyoviy Vaksinalar va anatoksinlar farq qilinadi. Tirik Vaksinalar (chechak, poliomiyelit, qizamiq, gripr, toun, tulyaremiya, silga … Читать далее

VOLFART PASHSHASI

VOLFART PASHSHASI (Wohlfartia magnifl ca) — taxin pashshalar oilasiga kiradigan hasharot. Tanasi och kulrang, ustida qora dogʻlari bor, uz. 9 — 13 mm. Jan. Yevropa, Shim. Afrika, Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qanot chiqargani oʻtloqlar va yaylovlardagi oʻsimliklar gulida koʻp uchraydi. Volfart pashshasi urchish vaktida hayvonlar yashaydigan joylarga kelib, yetilgan (uz. 1 mm cha) lichinkalarini (120—160 tadan) … Читать далее

GAMAZIDLAR

GAMAZIDLAR (Gamasoidea) — parazitoform kanalarning katta oilasi, 20 oila, 3000 turdan iborat. Tanasining uz. 0,3—4 mm, sargʻish jigarrang, oyoqlari tirnogʻining ostida xoʻjayin tanasida oʻrmalab yurishga moslashgan soʻrgʻichlari bor. Ogʻiz organlari qon soʻrishga moslashgan, qorin qismining ikki yonida nafas teshiklari boʻladi. Gamazidlar qushlar tanasi, burun boʻshligʻi, oʻpkasi va havo xaltachalarida; ayrim turlari kemiruvchi hayvonlar inida va … Читать далее