PAYPASLAGICHLILAR

PAYPASLAGICHLILAR (Tentaculata) — dengiz va chuchuk suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar tipi. Selomik hayvonlarning mustaqil guruhi hisoblanadi. Oʻtroq hayot kechiradi. Bilateral simmetriyali; selomik gavda boʻshligʻi uncha aniq boʻlmagan 3 ta segmentga boʻlinadi. Ogʻizoldi paypaslagichlari yaxshi rivojlangan. Ichagi ilmoqsimon, anal teshigi orqa tomonda ogʻiz teshigi yaqinida joylashgan. Ayirish organlari —1—2 juft metanefridiylar. Qon aylanish sistemasi rivojlangan. Jinsiy … Читать далее

PISTOLET

PISTOLET (frans. pistolet, nem. pistala, chex tilida — pistʻala — qamishsurnay) , toʻpponcha — 1) individual oʻt ochar qurol. Dushmanning 50—70 m gacha masofadagi jonli kuchlarini shikastlantirishga moʻljallangan; bir qoʻl bilan otish mumkin. Pistolet bilan ofitserlar, shuningdek, ayrim mutaxassislashgan serjant va askarlar qurollantiriladi. Yevropa va Osiyoda 16-a. da piltali Pistolet yuzaga kelgan. 17-a. dan boshlab … Читать далее

TISH CHIRISHI

TISH CHIRISHI, tish kariyesi tish qattiq toʻqimalarining zararlanishi; tish emali (dentin) ning astasekin yemirilib, kovak hosil boʻlishi. Bolalarda koʻp uchraydi. Koʻpincha bolalarning birinchi katta jagʻ tishlari (oltinchi tish) chiriydi. Tish chirishi ovqatlanish tarzining buzilishi; xamir ovqat va shirinliklarga ruju qilish; ovqat tarkibida kaliy, fosfor va vitaminlar yetishmasligi, shuningdek, ovqatda hoʻl meva va sabzavotlar boʻlmasligi hamda … Читать далее

MURTAK BEZLARI

MURTAK BEZLARI, bodom bezlari — odam va umurtqali hayvonlar limfa sistemasining aʼzolari, limfoid toʻqimalar toʻplami. Ogʻiz boʻshligʻi va halqumning shilliq qavatida joylashgan. Tanglay, til (til ildizida), burunhalqum gumbazida va nay (eshi-tuv naylariningteshiklarida) Murtak bezlari bor. Ular hiqildoqda joylashgan limfa follikulalari bilan birgalikda himoya qiladigan toʻsiq — limfadenoid xalqum halqasini hosil qiladi. Tanglay M. b. shakli … Читать далее

MEDUZALAR

MEDUZALAR — boʻshliqichlilarning, koʻpincha, erkin yashovchi jinsiy avlodi. Gavdasi xira shaffof (mezogliysi kuchli rivojlanganligi tufayli), so-yabon yoki qoʻngʻiroq shaklda, diametri bir necha mm dan 2—3 m gacha. Soyaboni chetlarida paypaslagichlari (uz. 30 sm gacha) va sezgi organlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki botiq tomoni oʻrtasida boʻlib, odatda, ogʻiz parraklari bilan oʻralgan. Meduzalar soyaboni ostida suvni siqib … Читать далее

PESTITSIDLAR

PESTITSIDLAR (lot. pestis — maraz, caedo — oʻldiraman) , zaharli kim-yoviy moddalar — oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona oʻtlar, shuningdek, yogʻoch, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gibberellinlar, defoliantlar, desikantlar, retradantlar ham Pestitsidlarga kiritiladi. Pestitsidlar tirik organizmlar hujayralariga ki-rib ularning fizik va kimyoviy … Читать далее

PERIODONTIT

PERIODONTIT (peri… va yun. odontos — tish) , peritsementit — tish ildizi atrofidagi toʻqimalar (peri-odont) ning yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra, infeksion va noinfeksi-on boʻladi. Infeksion Periodontit koʻp uch-raydi. Infeksiya periodontga turli yoʻllar: ildiz kanali, ildiz milki, chirigan tish (kariyes) orqali tushadi. Noinfeksion Periodontit dori, kimyoviy moddalarning periodont yorigʻiga tushishi, periodontning mexanik shikastlanishi (zarb, qattiq narsalarni … Читать далее

PIYELONEFRIT

PIYELONEFRIT (yun. pyelos — jom va nephros — buyrak) — buyrak va buyrak jomining yalligʻlanishi (piyelit). P. mustaqil ravishda yoki siydik yurishini qiyinlashtiruvchi siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (prostata bezi adenomasi, siydik toshi kasalligi va b.) natijasida vujudga kelishi mumkin. Piyelonefrit turli infeksion kasalliklar oqibatida ham paydo boʻladi. Bolalarda koʻpincha gripp, zotiljam va nafas organlarining boshqa kasalliklari … Читать далее

TIMSOHLAR

TIMSOHLAR — suvda yashovchi sudralib yuruvchilar turkumi. Tanasi kaltakesakka oʻxshash, uz. 2—7 m, boshi yassilashgan, tumshugʻi uzun. Koʻzlari va burun teshiklari boshi ustidan boʻrtib chiqib turadi. Burun va quloq teshiklari suvda yopiladigan klapanlar bilan taʼminlangan. Ogʻiz boʻshligʻida ikkilamchi tanglay boʻladi. Tishlari yirik. Tili ogʻiz tubiga yopishgan. Dumi uzun va baland (ikki yondan yassilashgan). Orqa oyoqlari … Читать далее

IKKILAMCHI OGʻIZLILAR

IKKILAMCHI OGʻIZLILAR (Deute-rostomia) — ikki yonlama simmetriyali hayvonlar (Bilateria) kenja boʻli-mi, birlamchi ogʻizlilarning aksi. Bir xil nazariyalarga qaraganda birlamchi ogʻizlilar va Ikkilamchi ogʻizlilar biri ikkinchisidan mustaqil holda radial simmetriyali hayvonlardan kelib chiqqan, boshqa xil nazariyalarga binoan birlamchi va Ikkilamchi ogʻizlilarning umumiy ajdodi tuban chuvalchanglar (skoletsidlar)ga oʻxshash boʻlgan. Ikkilamchi ogʻizlilar ikkilamchi (selom) tana boʻshligʻiga ega hayvonlar … Читать далее