KALIY PERMANGANAT

KALIY PERMANGANAT (Kalium permanganicum) , margansovka, KMpO4 — antiseptik modda. Toʻq binafsha rangli yaltiroq kristall. Suvda yaxshi eriydi. Eritma qizgʻish-binafsha rangli. Kaliy permanganat toʻqimalarga tushganida oʻzidan kislorod ajratib, burishtiruvchi, qitiqlovchi va kuydiruvchi taʼsir etadi, ayni vaqtda ajralib chiqayotgan kislorod hisobiga mikroblarga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Organik va anorganik kimyoda oksidlovchi, tibbiyotda suvdagi eritmasi yaralarni yuvish, ogʻiz va tomoqni chayish, ginekologiya hamda urologiya amaliyotida antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x