ERAN

ERAN — oʻzbek xalq dostonlarida hamda shomonlik folklorida doston qahramoniga, shomonga doimiy ravishda yordam beruvchi, ustozlik qiluvchi homiy kuch. «Eran» atamasi «Alpomish», «Goʻroʻgʻli» va boshqalar dostonlarda chiltonlar, Xizr va shahrik. azizavliyolarga nisbatan umumlashma nom sifatida qoʻllanadi. Odatda, Xizr barcha eranlarning yoʻlboshchisi deb qaraladi. Turli diniy manba va manoqiblarda ham «Eran» atamasi azizavliyo maʼnosida ishlatiladi. Eran … Читать далее

YOZI BILAN ZEBO

«YOZI BILAN ZEBO» — oʻzbek xalq dostoni. Dostonda chorvador Poyondaboyning qizi Zebo bilan xizmatkor Yozining ishqiy sarguzashtlari aks etgan. Mehnat va muhabbat, vafo va sadoqat tuygʻulari, sevgida mard, sabotli boʻlish, inson erki, baxtsaodati uchun kurash gʻoyalari b-n chatishib ketadi. «Yozi bilan zebo bilan 3.» parchalari dehqonchilik bilan bogʻliq ishlarda mehnat qoʻshiqlari sifatida kuylanadi. Doston oʻzining … Читать далее

POʻLKAN

POʻLKAN Muhammad Jomrot oʻgʻli (1874 — Samarqand viloyati Xatirchi tumani Qatagʻon qishlogʻi — 1941) — shoir, dostonchi. Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi vakili. Jassoq baxshi (19-a.) ning shogirdi. Yoshligidan yetimlikda oʻsgan, doʻmbira chertishni, doston va termalar aytishni oʻrgangan. 25 yoshida yetuk dostonchi sifatida ta-nilgan. Poʻlkan 70 dan ortiq xalq dostonlarini yod bilgan va kuylab kelgan: «Goʻroʻgʻli» turkumidagi … Читать далее

ERGASH JUMANBULBUL OʻGʻLI

ERGASH JUMANBULBUL OʻGʻLI (1868, hoz. Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani Qoʻrgʻon qishlogʻi — 1937.12.5, Qoʻshtamgʻali qishlogʻi) — oʻzbek xalq shoiri, dostonchi. Dehqondostonchi oilasida tugʻilgan. Uning yetti otabobosigacha, shuningdek, amaki va momolari dostonchishoir oʻtgan (Yodgor, Lafas, Mulla Tosh, Mulla Xolmurod, Jumanbulbul, Tilla kampir, Sulton kampir, Jossoq, Yorlaqab va boshqalar 17—19-asrlarning taniqli dostonchilari boʻlganlar). Ergash Jumanbulbul Oʻgʻlining ulkan … Читать далее

XAMSACHILIK

XAMSACHILIK — Sharq xalklari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri; «Xamsa» yozish bilan bogʻliq adabiy anʼana. Nizomiy Ganjaviy asos solgan. Ijodkorlar Nizomiy P«anj ganj»ini («Besh xazina») tashkil etuvchi «Mahzan ulasror», «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar», «Iskandarnoma» dostonlarining mavzui, syujet va kompozitsiyasi, qaxramonlari, vazni, joylashish tartibini saqlagan holda mustaqil asar yaratganlar. Bu badiiy ijodda katta … Читать далее

QALMOGʻISTON

QALMOGʻISTON, Qalmogʻiston Respublikasi (Xalmg-Tangch) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiya Yevropa qismining jan. da joylashgan. Mayd. 76,1 ming km2. Aholisi 292,4 ming kishi (2002). Poytaxti — Elista shahri Maʼmuriy jihatdan 13 tuman, 3 shahar, 6 shaharchaga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Q — respublika. Respublika boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq Xurali (parlament), ijrochi hokimiyatni rais … Читать далее

SAYYODIY

SAYYODIY, Sayyodiy oʻgʻli, Sayyodiy oʻgʻli Xarobiy (taxalluslari; ismi Sayyid Muhammad) (17-a. ning 2-yarmi, Balx yaqinidagi Xayrobod qishlogʻi) — shoir. Ovchi (sayyod) oilasida tugʻilgan, oʻzi ham shu kasb bilan shugʻullangan. Shoirning ayrim sheʼrlari hamda «Tohir va Zuhra» dostonigina yetib kelgan. Dostonda xalq ogʻzaki ijodida keng tarqalgan syujet yozma adabiyot anʼanalari asosida bayon qilingan. Unda haqiqiy muhabbat … Читать далее

SAIDMUROD PANOH OʻGʻLI

SAIDMUROD PANOH OʻGʻLI (1858 — Buxoro viloyati Qiziltepa tumani Kenagas qishlogʻi — 1945) — oʻzbek dostonchisi. Yoshligidan doston yodlash, soz chalishni urgangan. 1888—1903-y. larda Qiziltepa t. y. qurilishida, 1930-y. dan kzda ishlagan. El orasida Murod jmrov nomi bilan tanilgan. Saidmurod Panoh Oʻgʻli «Alpomish», «Guroʻgʻli» turkum dostonlari, «Odilxon», «Shirin va Shakar», «Kuntugʻmish», «Ahmadxon», «Yusuf bilan Ahmad», … Читать далее

OMON MATJON

OMON MATJON (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) (1943.14.2, Xorazm viloyati Yangibozor tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand un-tining filologiya f-tini tugatgan (1969). Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri (1969-85), «Yoshlik» jur. da bosh muharrir (198591), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim (1991—94), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida rais oʻrinbosari (1994— … Читать далее

FERUZ

«FERUZ» — Xorazm maqomlarining Navo maqomi pardalari asosida yuzaga kelgan mumtoz ashulalar turkumi. Ogahiyning «Vah ne balodur bilmadim, ey dilrabo, qoshu kuzing» gʻazaliga bogʻlangan «Eski Feruz» («F.» II deb ham yuritiladi) Muhammad Rahim I davrida yaratilgan. Avj qismida Xorazm doston kuy (noma)laridan «Nolish»ning cholgʻu muqaddimasi ishlatilgan. «Feruz» I «Eski Feruz»ga nisbatan hajman yirik, avjlari baland. … Читать далее