PAK IN NO

PAK IN NO (adabiy taxallusi — Noge) (1561.11.8 — Yonchxon viloyati — 1643.25.1) — koreys shoiri. Koreys adabiyetidagi kasa (doston) va sijo (uch misra) kabi poetik janrlarda ijod qilgan. Yapon bosqinchilariga qarshi boʻlgan Imjin ozodlik urushi (1592 — 98) qatnashchisi. Vatanparvarlik ruhidagi «Tinchlik xaqida soʻz» (1598), «Kemadagi oʻylar» (1605), «Yonnam haqida qoʻshiq» (1635) kabi dostonlar … Читать далее

XOʻJANDIY

XOʻJANDIY (14-a. ning 2-yarmi Xoʻjand — 15-a. boshlari) — shoir, dunyoviy adabiyot vakillaridan biri. X. haqida biografik maʼlumotlar saklanmagan. Bizgacha uning «Latofatnoma» asari yetib kelgan. Asar Xorazmiyshsht «Muhabbatnoma»siga nazira tarzida yozilgan. Doston oʻnta noma (maktuba)dan iborat. Asarda sevgi tarannum etilib, visol ishtiyoqi va hijron iztiroblari tasvirlangan. Tilar boʻlsang jahon ichra amorat. Faqirlar koʻnglini qilgin imorat … Читать далее

MIRTEMIR

MIRTEMIR (taxallusi; asl ismsharifi Tursunov Mirtemir) (1910.30.5, Turkiston — 1978.25.1, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1971). Eski maktabda taʼlim olgach (1919—20), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920—23) va Oʻzbek erlar bilim yurtida (1925—29) tahsil kurgan. 1929-y. Samarqandga borib Oʻzbekiston Pedakademiyaning til va adabiyot f-tida oʻqiy boshlagan. U shu yillarda «Kizil kalam» adabiy tashkilotining … Читать далее

XOLDORXON

«XOLDORXON» — «Goʻroʻgʻli» turkumidagi dostonlardan eng yirigi. Sheʼriy qismining oʻzi 11 ming misraga yaqin. Ergash Jumanbulbul uiadan yozib olingan (1927) va nashr etilgan (1972). Dostonda Qrim xoni Xoldorxonning Goʻroʻgʻliga gʻarazi, Goʻroʻgʻlining Qrimga borishi va jangu jadallardan keyin Xoldorxon bilan yarashishi, Goʻroʻgʻlining togʻasi Ahmad Sardorning Chambil elini talashi kabi voqealar tasvirlangan. Asarda oʻz yurtini tashqi va … Читать далее

XILVATIY

XILVATIY (taxallusi; asl ismi Mulla Yoʻldosh Toʻraboy oʻgʻli) (1858 — hoz. Namangan viloyati Uychi tumani Jiydakapa qishlogʻi — 1921) — shoir. Namangandagi Azizxoʻja madrasasida mudarris va bosh mudarris boʻlgan. Oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan. Sheʼrlarida Bedil, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy anʼanalarini davom ettirgan, ularga nazira, tatabbuʼ va muxammaslar bogʻlagan. Xilvatiydan bizgacha 2 ta dastxat (shoir … Читать далее

XUDOYSHUKUROV

XUDOYSHUKUROV Otajon (1944. 4.10 — Toʻrtkoʻl — 1994.22.12) — xonanda; Oʻzbekiston (1977) va Qoraqalpogʻiston (1970) xalq artisti. Ashula aytishni amakisi xonanda Y. Olloshukurovdan oʻrgangan, keyingi ustozlari K. Otaniyozov, Nazir qori, J. Bekchonov va b. 1963-y. dan Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda. Repertuaridan mumtoz ashulalar («Feruz I—II», «Xorazm Segohi», «Bozurgoniy», «Qoʻshchinor», «Guluzorim», «Kurd Eshvoyi», «Samarqand ushshogʻi», … Читать далее

ESHVOY

«ESHVOY» — Xorazm doston noma (kuy)lari asosida yaratilgan kuy va ashulalar nomi. 18-asrda yashagan mashhur shovotlik Eshvoy baxshi nomiga nisbatan berilgan: «Eshvoy»ning dastlabki namunasi — «Doston Eshvoy»ni baxshining oʻzi yaratgan. «Eshvoy» yoʻllari Xorazm maqomlaridagm Iroq Naqshlariga hamohang boʻlib, ular oʻzbek hamda turkman va qoraqalpoq xalqlari orasida ommalashgan: mas, Eshvoy baxshining shogirdi Suyav baxshi yaratgan «Turkman … Читать далее

XORAZM VILOYATI

XORAZM VILOYATI — Oʻzbekiston Respublikam tarkibidagi viloyat. 1925-y. fev. dan 1938-y. yanv. gacha Xorazm okrugi. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Respublikaning shim. gʻarbida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida. Shim. va shim. sharqdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, jan. va jan. gʻarbdan Turkmaniston, jan. sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 6,1 ming km2. Aholisi 1412,7 ming kishi (2004). … Читать далее

PUSHKIN Aleksandr Sergeyevich

PUSHKIN Aleksandr Sergeyevich [1799.26.5 (6.6), Moskva – 1837.29.1 (10.2), Peterburg] — rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich kadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qoʻlida tarbiya koʻrgan habash — A. P. Gannibalning nabirasi bulgan. Pushkinda nafis soʻzga mehrmuhabbatning paydo bulishida rus xalq qushiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan ena-gasi Arina Rodionovnaning … Читать далее

BUYUK BRITANIYA

BUYUK BRITANIYA, Britaniya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi (United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shim. Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya o. (mamlakat hududining 90%i shu orolda) va Irlandiya o. ning shim. sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va b.)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, … Читать далее