POʻLKAN

POʻLKAN Muhammad Jomrot oʻgʻli (1874 — Samarqand viloyati Xatirchi tumani Qatagʻon qishlogʻi — 1941) — shoir, dostonchi. Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi vakili. Jassoq baxshi (19-a.) ning shogirdi. Yoshligidan yetimlikda oʻsgan, doʻmbira chertishni, doston va termalar aytishni oʻrgangan. 25 yoshida yetuk dostonchi sifatida ta-nilgan. Poʻlkan 70 dan ortiq xalq dostonlarini yod bilgan va kuylab kelgan: «Goʻroʻgʻli» turkumidagi dostonlar, «Qironxon», «Orzigul», «Alpomish», «Yodgor», «Rustam» turkumi va b. Re-pertuarlari mavzu va janr jihatidan turli-tuman boʻlib, ularda oʻzbek xal-qining oʻtmishidagi hayoti, urf-odatlari, intilishi va orzu-umidlari ifodalangan. «Hasan batrak» (1927) dostonida oʻzbek mehnatkashlarining yer va suv haqidagi orzu-tilaklari, bu yoʻldagi kurashi aks etgan. Poʻlkan kuylagan anʼanaviy dostonlar ham gʻoyaviy va badiiy yuksakligi bilan ajralib turadi. Poʻlkan ijodi oʻzbek folklori taraqqiyotida muhim bosqich boʻldi.

Ac: Goʻroʻgʻlining tugʻilishi, T., 1967; Gulnor pari, T., 1967; Hilomon. Goʻroʻgʻli turkumi dostonlaridan. T., 1970; Hasanxon, T., 1976.

Ad.: Afzalov M., Poʻlkan shoir, T., 1955; Poʻlkan shoir, Maqolalar toʻplami, T., 1976.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x