OMON MATJON

OMON MATJON (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) (1943.14.2, Xorazm viloyati Yangibozor tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand un-tining filologiya f-tini tugatgan (1969). Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri (1969-85), «Yoshlik» jur. da bosh muharrir (198591), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim (1991—94), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida rais oʻrinbosari (1994— 99), «Choʻlpon» nashriyotida direktor (1999—2001). 2001-y. dan «Gulxan» jur. bosh muharriri. Sheʼrlari 1965-y. dan boshlab eʼlon qilina boshlagan. Shoirning «Karvon qoʻngʻirogʻi» (1973), «Quyosh soati» (1974), «Yonayotgan daraxt» (1976), «Yarador chaqmoq» (1977), «Seni yaxshi koʻraman» (1981), «Daraxtlar va giyohlar» (1984), «Oʻrtamizda birgina olma» (1990), «Odamning soyasi quyoshga tushdi» (1991), «Qush yoʻli» (1993), «Iymon yogʻdusi» (1994), «Ardaxiva» (2000), «Xoja Ahror ziyoratlari» (2002) va b. sheʼriy asarlarida voqelikni nozik his etgan holda badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda falsafiy xulosalar chiqarish, oʻzi tugʻilib oʻsgan muhit koloritiga mos ifodalar topish tamoyili ustu-vorlik qiladi.

Omon Matjon lirik sheʼrlar bilan birga lirik qissa va dramatik doston janrlarida ham ijod qilib, Xorazm xalq afsonalarining oʻziga xos badiiy talqini — «Haqqush qichqirigʻi» (40 afsona, 1979) sheʼrlar kitobini, istiqlol arafasidagi shoʻrolar mamlakati hayotining ziddiyatli manzaralari va jarohatlari tasviriga bagʻishlangan «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) qissasini, shuningdek, oʻzbek xalqining Xorazmdan chiqqan buyuk siymolari haqidagi dramatik dostonlari («Pahlavon Mahmud», 1975; «Beruniy», 1977 va b.) ni yaratgan. «Ming bir yogʻdu» (1982) asari Navo-iy «Xamsa»si taʼsirida yozilgan. Omon Matjon bu asarlarida oʻtmishda yashab ijod qilgan oʻlmas siymolar hayoti va hoz. davr muammolarini tasvirlashda liro-epik sheʼriyat imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. Oʻzbek sheʼriyatiga Xorazm shevasiga xos leksik unsurlar va musiqiy ohanglarni olib kirgan, lirik sheʼriyatni epik sheʼriyat unsurlari bilan boyitgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

As: Saylanma [2 j. li], T., 1997.

Jumaboyeva J., Omon Matjon, T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x