RAMZ BOBOJON

RAMZ BOBOJON (taxallusi; asl ism-sharifi Bobojonov Ramz, 1921. 2.12, Toshkent) — shoir va dramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri (1981). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971). Toshkent pedagogika in-ti (1944) va shu int aspiranturasi (1955)ni tugatgan. «Lenin uchquni» (hoz. «Tong yulduzi») gaz. da boʻlim mudiri, muharrir, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (194959), Yozuvchilar uyushmasi pravleniyesi kotibi (1960—63; 1968—80), Badiiy … Читать далее

MULLANAFAS Qodirberdi Oʻgʻli

MULLANAFAS Qodirberdi Oʻgʻli [1810, Seraxs yaqinida (xoz. Ashxobod viloyati) — 1862] — turkman shoiri, musiqachi. Madrasada taxsil olgan. Insoniy sevgi, mehr-muhabbat Mullanafas lirikasining bosh mavzusi hisoblanadi. Asarlarida oʻz davrining ilgʻor kishisi sifatida ayollarni, ularning aklu zakovati, goʻzalligi va samimiyligini aks ettirgan («Sevgilim», «Kelaqol», «Unutma», «Durdaxonga» vab.). M. sheʼriyati hayotiy voqealarga boy. Sheʼrlarida xalqning hayoti va … Читать далее

TUYDUK

TUYDUK — turkman xalq puflama musiqa cholgʻusi. 3 ta turi mavjud. Gargi Tuyduk (qargʻa — qad. turkiycha — qargʻalash, insjinslarni haydash soʻzidan) — toʻgʻri ushlab chalinadigan nay. Qozoq sibizgʻasi, boshqird qu ray iga yaqin. Qamishning maxsus turidan ishlanadi. Uz. 750—800 mm, diametri — 1820 mm. Tovushi kuchli emas, oʻziga xos xiraroq tusga ega; asosiy tovush … Читать далее

TOJIKISTON

TOJIKISTON (Tochikiston), Tojikiston Respublikasi (Chumhurii Tochikiston) — Oʻrta Osiyoning jan. sharkida joylashgan davlat. Mayd. 143,1 ming km2. Aholisi 6578,5 ming kishi (2002). Poytaxti — Dushanba sh. Maʼmuriy jihatdan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Tojikiston — respublika, unitar demokratik ijtimoiyhuquqiy davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1994-y. 6 noyab. da kabul kilingan. … Читать далее

SURXONDARYO-QASHQADARYO MUSIQA USLUBI

SURXONDARYO-QASHQADARYO MUSIQA USLUBI — oʻzbek anʼanaviy musiqasining mahalliy uslublaridan biri. Mazkur hududda yashayotgan xalqning etnik tarkibi, kelib chiqishi, tarixan qaror topgan ijtimoiyiqtisodiy sharoitlari ushbu uslubning oʻziga xosligini belgiladi. Jumladan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari oʻzbek aholisining koʻpchilik qismi azaldan yarim koʻchmanchi hayot kechirib, asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanayotganligi sababli aynan shu jarayonlarga bogʻliq xalq qoʻshiqlari … Читать далее

KOʻHI QOF

KOʻHI QOF — oʻzbek ertak, doston va b. ogʻzaki ijod namunalarida afsonaviy togʻ nomi. Rivoyatlarga koʻra, Koʻhi Qof dunyoning bir chetida boʻlib, unga eng jasoratli pahlavongina yetib bora oladi. Parilar yashaydigan Iram bogʻi ham shu yerda. U yerda Semurgʻ va Anko yashaydi. Goʻroʻgʻli, Anaz singari xalq qahramonlari Balo togʻidan oʻtib, devlarni yengib, Koʻhi Qofga yetib … Читать далее

SADDI ISKANDARIY

«SADDI ISKANDARIY» («Iskandar devori») — «Xamsa» (Navoiy) ning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat boʻlib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyda yozilgan. Xamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar toʻgʻrisida doston yozib, oʻz «Xamsa»lariga kiritganlar. Dastlab musulmon dunyosida Qurʼoni karimning … Читать далее

ERENJENOV Konstantin Erenjenovich

ERENJENOV Konstantin Erenjenovich (1912.12.5, BagaChonos aymogʻi, Qalmoq Respublikasi — 1991, ?) — qalmoq yozuvchisi. Qalmoq xalq shoiri (1972). Saratov untida oʻqigan (1930 — 33). «Choʻpon qoʻshigʻi» qissasi (1931), «Choʻl uchquni» (1935), «Doimiy quvonch» (1959), «Toʻrgʻay» (1966) doston va sheʼrlar toʻplamlarini yozgan. «Hayotga yoʻl», «Dub trubkasi» (1961) hikoya va ocherklar toʻplamlari va 2 kitobdan iborat «Oʻtni … Читать далее

XIROMIY

XIROMIY (taxallusi; ismi Mullo Qurbon) (1796, Kitob viloyati Charmgaron guzari — ?) — shoir. Baʼzi manbalarda Mirzo Qurbon, Muhammad Qurbon deb ham tilga olingan. Kenagas urugʻidan. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil koʻrgan. Iqtisodiy tanglik tufayli madrasani tugata olmagan, 25 yoshida Kitobga qaytgan. Xattotlik, tabiblik, charmgarlik qilib roʻzgʻor tebratgan. X. Nasrullaxonttg bosqinchilik siyosatiga qarshi kurashuvchilar safida … Читать далее

XORAZM DOSTONCHILIK MAKTABI

XORAZM DOSTONCHILIK MAKTABI — baxshilik sanʼati markazlaridan biri. Xorazm dostonchiligida mavjud epik asarlar Oʻzbekistonning boshqa yerlaridagi oʻzbeklar orasida tarqalgan dostonlardan mazmuni, uslubi, kompozitsiyasi, obraz yaratish prinsiplari bilan farq qiladi. Xorazm dostonchilik maktabida ogʻzaki va yozma adabiyot anʼanalarining oʻzaro ijodiy hamkorligi sezilarli. Badihagoʻylik asosiy rol oʻynamaydi, musiqa yetakchilik qiladi. Koʻp hollarda aytuvchi qoʻlida dostonning qoʻlyozma matni … Читать далее