TELESKOP

TELESKOP (tele… va…yun. skopeo — qarayman) — osmon yoritqichlarini vizual, fotografik, fotoelektrik va spektral usullarda kuzatish uchun moʻljallangan astronomik optik asbob. T. Oy, sayyoralar va yulduzlarning tasvirini kattalashtirib koʻrsatadi. Ishi osmon yoritqichlari tarqatadigan elektromagnit nurlanishlarni tutishga asoslanadi. Teleskoplar gamma T., rentgen, ultrabinafsha, optik, infraqizil va radioteleskop kabi turlarga boʻlinadi. Optik tizimiga koʻra, refraktor, reflektor, koʻzgulinzali … Читать далее

SARDOBA BOTIGʻI

SARDOBA BOTIGʻI — Mirzachoʻlning shim. sharqiy qismida joylashgan berk botiq. Tubining bal. 261 m, uz. 27 km, eni 9—10 km. Shim. yon bagʻri nisbatan tikroq. Yon bagʻirlari qumli, osti gipelashgan loytosh va qumoq togʻ jinslaridan iborat. Botiqning kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Baʼzi olimlar uni yuqori pliotsen davrida Sirdaryoning qad. oʻzani yoki dare suvi … Читать далее

EYR

EYR — Avstraliyadagi eng yirik oqmas shoʻr koʻl. Materikning jan. qismidagi choʻl iqlimli botiq (dengiz sathidan 12 m past) da joylashgan. Koʻl yozda vaqtincha oqadigan daryo va soylar keltirgan suv bilan toʻlib, mayd. 15 ming km2 ga, chuq. 20 m ga yetadi. Yilning qolgan mavsumida qurib, oʻrnida shoʻrxok qoladi. Milliy bogʻ tarkibida. Koʻl ingliz tadqiqotchi … Читать далее

PANORAMA KINO

PANORAMA KINO — kinofilmlarni suratga olish va namoyish qilish usullaridan biri. Kinofilmlar maxsus apparatlar bilan kinoga olinadi va juda katta (bir necha yuz m2 yuzali) doiraviy ekranga tushiriladi. Kinoga olishda bir-biriga nisbatan 48° burchak ostida joylashgan 3 obyektivli apparat ishlatiladi. Kadrlar 35 mm li 3 ta kinoplyonkaga olinadi (har kaysi plyon-kaga umumiy panorama kadrining 1/3 … Читать далее

FAYYUM MANZILGOHLARI

FAYYUM MANZILGOHLARI — Shim. Misrning AlFayyum botigʻi (dengiz sathidan 45 m pastda) atrofidagi neolit davri manzilgohlari (mil. av. 4400—4200-y. lar). Qadimda botiq oʻrnida koʻl boʻlgan. Kishilar olov yoqish uchun kremniydan, tosh qurollarni silliqlash uchun qayroqtoshlardan foydalanishgan. Koʻplab tosh qurollar (nayza va oʻq uchlari) va suyakdan ishlangan buyumlar (toʻgʻnogʻichlar, sanchqilar) topilgan. Turar joylar yonida dumaloq shakldagi … Читать далее

SINEKLIZA

SINEKLIZA (yun. syn — birga va enrlisis — egilish) — platformalarga mansub botiq struktura. Yer poʻstining asosiy elementlaridan biri. Sinekliza kanotlarida qatlamlar kam qiyalikda yotadi. Mazkur qatlamlarni hosil etuvchi geologik formatsiyalarning asosan, choʻkindi va, baʼzan, vulkanogen — choʻkindi jinslardan iboratligi Sineklizaning ikkinchi belgisidir. Qatlamlarning kalinligi uning kanotlaridan (1 — 3 km) markaz qismiga ortib boradi. … Читать далее

FOMOZ

FOMOZ — sabzavot ekinlarining yuqumli kasalligi. Phoma turkumiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Karam (qoʻzgʻatoʻvchisi — P. lingam), sabzi (qoʻzgʻatuvchisi — P.rostrupii), kartoshka (qoʻzgʻatuvchisi — P. solanicola), lavlagi (qoʻzgʻatuvchisi — R. ye1aye)ning poyasi, bargi, ildizmevalarini zararlaydi. Oʻsimlik poya va barglarida botiq qora dogʻlar paydo boʻladi, kasallik yuqqan iddizmevalar va tuganaklar (sabzi va kartoshka) sakdash paytida chiriydi, toʻqimalarida … Читать далее

MARKAZIY AFRIKA

MARKAZIY AFRIKA, Ekvatorial Afrika — Afrikadagi tabiiy oblast. Afrikaning Atlantika okeanidan Sharqiy Afrika yassitogʻligining gʻarbiy yon bagʻirlarigacha boʻlgan qismini, yaʼni 7° sh. k. bilan 13° j. k. oʻrtasidagi yerlarni va Gvineya qoʻltigʻidagi vulkan orollarini oʻz ichiga oladi. Re-lyefiga koʻra 3 qismga boʻlinadi: 1) Kongo botigʻi (botiq tubining dengiz sathidan bal. 300—500 m) — bu yerda … Читать далее

SAYDAM SOYLIGI

SAYDAM SOYLIGI — Xitoydagi tektonik botiq. Uz. 700 km, eni 300 km gacha, bal. 2600—2900 m. Nanshan, Kunlun, Oltintogʻ togʻlari oʻrab turadi. Tubi tekis. Iqlimi keskin kontinental, quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —11° dan —15° gacha, iyulniki 15—18°. Yillik yogʻin 25—50 mm, sharqida 150 mm gacha. Mayda shoʻr koʻl koʻp. Saydam soyligining aksari qismi toshloq, … Читать далее

DALA QANDALASI

DALA QANDALASI (Lygus pratensis L.) — hammaxoʻr hasharot; D. q. ning kattaligi 3,5—4 mm, rangi yashil, qora naqshlari, qanotining ustki qismida, koʻkragining ost tomonida dogʻlari bor. Tanasi choʻziq, tuxumsimon. Lichinkasi kichikligi va qanotsizligi bilan voyaga yetgan qandaladan ajralib turadi. Tuxumi 1 mm. Qand lavlagi (nihollari va urugʻi), dukkakli oʻtlar, koʻpchilik tolali, moyli, dorivor, sabzavot va … Читать далее