SAYDAM SOYLIGI

SAYDAM SOYLIGI — Xitoydagi tektonik botiq. Uz. 700 km, eni 300 km gacha, bal. 2600—2900 m. Nanshan, Kunlun, Oltintogʻ togʻlari oʻrab turadi. Tubi tekis. Iqlimi keskin kontinental, quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —11° dan —15° gacha, iyulniki 15—18°. Yillik yogʻin 25—50 mm, sharqida 150 mm gacha. Mayda shoʻr koʻl koʻp. Saydam soyligining aksari qismi toshloq, qumli, gilli choʻl, chala choʻl va shoʻrxokdan iborat. Shim.-gʻarbiy kismi denudatsion tekislik, jan.-sharqi akkumulyativ tekislik. Oʻsimlik kam. Togʻ etaklarida qamish, boshoqlilar, yulgʻun, juzgʻun oʻsadi. Neft va osh tuzi konlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x