TELESKOP

TELESKOP (tele… va…yun. skopeo — qarayman) — osmon yoritqichlarini vizual, fotografik, fotoelektrik va spektral usullarda kuzatish uchun moʻljallangan astronomik optik asbob. T. Oy, sayyoralar va yulduzlarning tasvirini kattalashtirib koʻrsatadi. Ishi osmon yoritqichlari tarqatadigan elektromagnit nurlanishlarni tutishga asoslanadi. Teleskoplar gamma T., rentgen, ultrabinafsha, optik, infraqizil va radioteleskop kabi turlarga boʻlinadi. Optik tizimiga koʻra, refraktor, reflektor, koʻzgulinzali tizim va b. deb ataladi (linzalardan yigʻilgan obyektivli Teleskop refraktor, botiq koʻzgulardan yigilgan obyektivli Teleskop reflektor deyiladi). Teleskop obyektivi tushiradigan tasvirning masshtabi obyektivning fokus masofasiga, yaʼni yorugʻlik yigʻuvchi obyektiv bilan yoritqich tasviri hosil boʻladigan nukta orasidagi masofaga mutanosib boʻladi. Oʻzbekiston FA Astronomiya intida Oʻrta Osiyoda yagona, koʻzgusining diametri 1,5 m boʻlgan Teleskop va koʻp uyali yorugʻlik matritsasiga ega boʻlgan Quyosh T. i bor (2004).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x