MEʼDA

MEʼDA, oshqozon — ovqat hazm qilish sistemasining kengaygan qismi (q. Ovqat hazm silish sistemasi). Meʼdada ovqat saqlanadi, maydalanadi va qisman hazm boʻladi (q. Ovqat hazm kilish). Meʼda ichakning oldingi ixtisoslashgan qismi sifatida birinchi marta ayrim boʻshliqichlilar, yassi chuvalchanglar va xalqali chuvalchanglarda paydo boʻladi (q. Ichak). Umurtqali hayvonlarda Meʼda ichakning oldingi kengaygan qismi hisoblanadi. Biroq yumaloqogʻizlilarda … Читать далее

OʻPKA

OʻPKA — odam, quruqlikda yashovchi hayvonlar va baʼzi baliqlarning havodan nafas olish aʼzosi. Oʻpka ayrim mollyuskalar (quruqlikda va chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqlilar), boʻgʻimoyoqlilar (chayonlar), baliqlar (ikki xil nafas oluvchilar, panjaqanotlilar, koʻpqanotlilar), quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar va odamda qon bilan nafas olingan havo oʻrtasida gaz almashinuvini amalga oshiradi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar Oʻpkasi kataklarga boʻlingan, … Читать далее

TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI

TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI, burmalanishning hosil boʻlishi — tektonik deformatsiyalar natijasida togʻ jinslari katlamlarining ezilib, burmalanish jarayoni. Burmalar majmuasi shakli, kelib chiqishi va hosil boʻlishining kinematik sharoitlariga qarab farqlanadi. Togʻ jinslarining burmalanishi morfologik belgilarga qarab toʻliq, golomorfli yoki uzun, ingichka burmalardan tashkil topgan, qavariq (antiklinal) va botiq (sinklinal) burmalangan zonalarni muntazam toʻldirib turuvchi chizikdi (alpinotipli); uzuqyulukli … Читать далее

TOSHKENT ARTEZIAN HAVZASI

TOSHKENT ARTEZIAN HAVZASI — Toshkent sh. yaqinidagi togʻ oldi bukilmasida joylashgan havza; jan. da Fargʻona, garbda Qizilqum va shim. da Chimkent (Aris) artezian xavzalari bilan tutash. Sharkda ChatqolQurama burmalanish oblasti togʻ oldilari bilan chegaralanadi. Havza oʻramidagi yura yotqiziklarining qalinligi 100—150 m gacha boʻlib, tarqalishi cheklangan. Boʻr yotqiziqlari keng maydonni egallagan va yupqa qatlamchali ohaktoshlar koʻshilgan … Читать далее

KALDERA

KALDERA (ispancha caldera — katta qozon) , vulkan ogʻzi — vulkan choʻqqisi, baʼzan unga yondosh joylarning oʻpirilishi natijasida vujudga kelgan yon bagʻirlari tik va tubi bir qadar tekis qozonsimon botiq. Vulkan otilganda katta hajmdagi magma tashqariga chiqadi, keyingi otilishga qadar vulkan kamerasida boʻshliq hosil boʻladi, natijada vulkan tepasi tayanchini yoʻqotib oʻpirilib tushadi. Diametri 10—15 km … Читать далее

ECHKEMARSIMONLAR

ECHKEMARSIMONLAR — kaltakesaklar kenja turkumiga mansub sudralib yuruvchilar oilasi. Hozir yashab turgan bir urugʻi (Uagapsh) mavjud. Tanasi choʻziq, oyoqlari yaxshi rivojlangan, dumi koʻpchilik turlarida yon tomondan siqilgan. Boshi mayda qalqonchalar bilan qoplangan; tanasidagi tangachalar yumaloq, botiq. Tili uzun, uchi ikki ayrili. 24 turi bor. Sharqiy yarim shardagi tropik, subtropik va qisman moʻtadil mintaqalardatarqalgan. Madagaskarda uchramaydi. … Читать далее

SHOʻROʻZAK BOTIGʻI

SHOʻROʻZAK BOTIGʻI — Mirzachoʻlning sharqiy qismidagi botiq. Sirdaryoning qadimiy oʻzanlaridan biri. Shoʻroʻzak botigʻi jan. sharqdan, shim. gʻarbga 60 km ga choʻzilgan. Oʻzan shakliga ega boʻlgan berk pastlik. Uning yon bagʻirlari Sirdaryo terrasalariga borib tushadi. Sugʻoriladigan yerlar orasida oʻyilgan relyef shaklida choʻzilgan. Qalinligi 20—30 m li qumoq, qumli gʻovak, gil togʻ jinslaridan tashkil topgan. Bu jinslar … Читать далее

ULTRA-ABISSAL

ULTRA-ABISSAL — okean tubining 6000 m dan chuqur qism i (q. Abissal). Relyefi oʻnqirchoʻnqir. Juda chuqur botiq va novlar (8000—10000 m) uchraydi (Mariana novi). Hayvonot dunyosi qad. boʻlib, asosan, endemiklardan iborat. Пост Навигацияси

OLAY VODIYSI

OLAY VODIYSI — Qirgʻizistonning Pomir-Olay togʻlari orasidagi botiq. Gʻarbdan sharqqa (Olay va Orqa Olay tizmalari orasida) 150 km ga yoʻnalgan. Eni 8—25 km. Mayd. 1700 km2 ga yaqin. Balandligi gʻarbida 2240 m, sharqida 3536 m (Tomurun dovoni). Olay vodiysi tagi allyuvial va prolyuvial jinslardan tuzilgan, jan. da va qisman oʻrta qismida morenali past-baland qator tepalar … Читать далее

TUNIS

TUNIS, Tunis Respublikasi (AlJumxuriya atTunisiya) — Shim. Afrikada joylashgan davlat. Mayd. 164,2 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Tunis sh. Maʼmuriy jihatdan 25 viloyatga bulinadi. Davlat tuzumi. Tunis — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1959-y. 1-iyunda qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1987-y. dan Zayn alObidin bin Ali), u umumiy … Читать далее