STEREOKIMYO

STEREOKIMYO (stereo… va kimyo) — kimyoning molekuladagi atom yoki atomlar guruhi (radikallar)ning fazoviy joylashishini oʻrganadigan sohasi. Stereokimyo dastlab 19-a. oxirlarida Ya. G. VantGoff tadqiqotlari asosida organik kimyoning boʻlimi sifatida paydo boʻldi. Stereokimyo geometrik (yoki sistrans) va optik izomeriyanp oʻrganadi. Geometrik izomeriya, asosan, molekulasi tuzilishida qoʻshbogʻ yoki siklik bogʻlangan atomlari boʻlgan birikmalarga xosdir. Geometrik izomeriyaga oʻxshash … Читать далее

KOʻKNOR

KOʻKNOR (Papaveraceae, Papaver L.) — koʻknordoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; urugʻidan oʻsimlik moyi (q. Moyli ekinlar) va koʻsagidan afyun olish uchun yetishtiriladigan ekin. 100 turi maʼlum. Moʻtadil, subtropik, baʼzan sovuqmintaqalarda oʻsadi. Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Arktikada 75 ga yaqin turi uchraydi. Baʼzi turlari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. De-hqonchilikda bir yillik … Читать далее

NARGIS

NARGIS, narsiss (Narcissus L.) — chuchmomadoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi. Piyozboshi kup yillik. Bargi nashtarsimon. Guli, odatda, sariq yoki oq, yakka yoki gulband uchida bir nechtadan joylashgan. Gulkoʻrgʻoni silindrsimon nayli, qoʻngʻiroqsimon yoki ko-sachasimon tojli. Mevasi etli koʻsakcha. Koʻpincha, Oʻrta dengiz r-nlarida usa-digan 30 ga yaqin (boshqa maʼlumotga koʻra 60 tacha) turi bor. Oʻzbekistonda 2 ta … Читать далее

BOYALICH

BOYALICH (Salsola arbuscula Pall.) shoʻradoshlar oilasiga mansub sershox buta. Boʻyi 20—100 sm. Bir yillik, novdalari oqish, yaltiroq, bargi kalami, uz. 5—35 mm. Gullari mayda va koʻrimsiz, boshoqsimon toʻpgulga joylashgan. Iyunda gullaydi^ urugʻi sent. da pishadi. Asosan, choʻllardagi qumloqer larda oʻsadi. Tuya, qoʻy va echkilar Boyalichning bargi va yosh novdalarini xush koʻradi. Boyalich tarkibida 20,1% kul, … Читать далее

DUKKAKDOSHLAR

DUKKAKDOSHLAR, dukkaklilar (Fabaceae, Leguminoasae) — ikki pallali oʻsimliklar oilasi (koʻp yillik va bir yillik oʻtlar, chala butalar, butalar, lianalar va daraxtlar), 500 dan ortiqturkum, 12000 turni oʻz ichiga oladi. Yer yuzining hamma oʻlkalarida keng tarqalgan. Ayrim sistematikalarda Dukkakdoshlar 3 kenja oilaga — mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaceae yoki Fabaceae) ajratilgan. Koʻp turlari dehqonchiliqda … Читать далее

KOKAINIZM

KOKAINIZM,kokainomaniya — giyohvandlik (narkomaniya, bangilik) ning bir turi; ogriqsizlantiruvchi alkaloidlar guruhiga mansub kokainga oʻrganib qolish, uni isteʼmol qilmasdan turolmaslik. Kokainni giyohvandlar teri ostiga, venaga yuborib, koʻp hollarda hidlab kayf (eyforiya) qiladilar. Birinchi marta isteʼmol qilgan kishi xushchaqchaq, sergap, serharakat boʻlib qoladi, fikrlashi tiniqlashgandek tuyuladi va har xil ishlarni bajarishga ishtiyoqi kuchayadi; 2—3 soat oʻtgach, bu … Читать далее

ITUZUMDOSHLAR

ITUZUMDOSHLAR (Solanaceae) – ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Oʻt, butachalar, lianalar va kichik daraxtlardan iborat. Barglari yonbargchasiz, ketma-ket joylashgan, gullari ikki jinsli. Kosachasi va gultoji 5 boʻlakli. Changchisi 5 ta. Mevasi — rezavor yoki koʻsakcha. Ituzumdoshlarning 90 turkumi, 2900 turi boʻlib, ular yer sharining moʻtadil iqlimli, tropik, subtropik mintaqalarda, xu-susan, Jan. va Markaziy Amerikada … Читать далее

ZAHARLAR

ZAHARLAR — organizmga taʼsir etganda uning hayot faoliyatini buzib, hayotni xavf ostida qoldiradigan moddalar. Tirik organizmga taʼsir koʻrsatadigan barcha moddalar, jumladan dorilar ham yuqori konsentratsiya va dozada maʼlum darajada uni zaharlaydi (q. Zaharlanish). Z. ning organizmga taʼsir etish kuchi ularning kimyoviy tuzilishi va fizikkimyoviy xossalariga bogʻliq boʻlishidan tashqari, shu tirik organizm toʻqimalari va hujayralarining xususiyatlariga … Читать далее

IPEKAKUANA

IPEKAKUANA (Cephaelis ipecacuanna) — shoʻradoshlar oilasiga mansub doim yashil buta. Boʻyi 15—60 sm. Ildizi ingichka, silliq, shoxlangan. Braziliya, Boliviya va Kolumbiyaning nam tropik oʻrmonlarida usadi. Tropik zonalarda ekiladi. Ildizi koʻngil aynatuvchi yoqimsiz qidli, tarkibida alkaloidlar, oshlovchi va b. modsalar bor. Ildizidan emetin, psixotrin, sefaelin va b. alkaloidlar olinadi. Ipekakuana oʻsimligining quritilgan ildizidan Ipekakuana degan qustiruvchi … Читать далее

ISPARAK

ISPARAK, isfarak (Delphinium semibarbatum) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 35—70 sm. Boʻgʻiz barglari uzun bandli, poyasidagilari bandsiz. Bargi ust-maust besh qismga, har bir qismi esa uch boʻlakka boʻlingan. Gullari toʻq sariq, roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Sirtqi tojbargining bittasi pixli. Mevasi bitta mevabargdan hosil boʻlgan. Oʻrta Osiyoning togʻ etaklari va adirlarida, asosan, boʻz tuproqli … Читать далее