MEHRIGIYOH

MEHRIGIYOH, mandragora (Mapdragora) — ituzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Barglari yirik, tuxumsimon, yaxlit, boʻyi 80 sm cha. Gullari sargʻish-yashil, zan-gori, binafsha yoki oq, yakka. Mevasi — toʻq sariq, dumaloq, yirik rezavor-meva. Oʻrta dengiz sohillari va Himolay hududida 5 turi, Turkmanistonda bir turi usadi. Organlari tarkibida alkaloidlar (giossiamin, skopolamin va b.) bor. Undan tayyorlanadigan … Читать далее

MUTAGENLAR

MUTAGENLAR (mutatsiya va… genez) — fizik va kimyoviy omillarning tirik organizmlarga taʼsir etib, ularda mutatsiyalar paydo qiladigan omillar. Fizik Mutagenlar ichida ionlovchi nurlar muhim oʻrin tutadi. Ular, oʻz navbatida, elektromagnitli (toʻlqinli) va korpuskulyar omillarga boʻlinadi. Birinchi guruhga rentgen, gamma va kosmik nurlar kiradi. Ikkinchi guruhga beta zarrachalar (elektron va pozitronlar), protonlar, neytronlar, alfa zarrachalar, yuqori … Читать далее

MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

MASTAK

MASTAK (Lolium L.) — gʻalladoshlar oilasiga mansub bir yillik, ikki yillik yoki koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda koʻp yillik Mastak (L. regeppe), koʻpgulli Mastak (L. multifl orum), zaharli Mastak (L. temulentum) kabi Z turi uchraydi. Zaharli Mastakning poyasi bir nechta, bugʻdoyning poyasiga oʻxshash boʻgʻimlangan, ichi kovak, boʻyi 40—80 sm. Bargi ensiz, qalami, eni 1—4 mm, … Читать далее

MAGNOLIYA

MAGNOLIYA (Magnolia) — magnoliyadoshlar oilasiga mansub doim yashil yoki barg toʻkadigan daraxtlar turkumi. Sharqiy va Jan.-Sharqiy Osiyo, Shim. Amerikaning jan.-sharqi hamda Markaziy Amerikada 80 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 3 turi manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Shundan yirik gulli Magnoliya doim yashil manzarali daraxt sifatida tarqalgan. Oʻzbekistonda oʻstiriladiganining bargi kuzda toʻkiladi. Boʻyi 10—13 m oraligʻida. Barglari … Читать далее

FIZALIS

FIZALIS (Physalis), paqpaq — tomatdoshlar oilasiga mansub bir yoki koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; sabzavot ekini. Yovvoyi holda 100 dan ortiq turi tropik va subtropik mintaqalarda, koʻproq Markaziy Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari Afrikaning jan. sharqida uchraydi. F. Yevropaga 18-a. da, keyinchalik Osiyoga keltirilgan. Asosan, Meksika F. si yoki Meksika pomidori (P. ixocarpa); tukli Fizalis (R. pybescens) … Читать далее

TUYAQORIN

TUYAQORIN (Heliotrapium lasiocarpum L. et. M.) — kampirchopondoshlarga mansub bir yillik zaharli oʻt; boʻyi 30—60 sm, sershox. Ildizi oʻq ildiz; suyet shoxlanadi. Barglari navbatmanavbat joylashgan, ikkala tomoni dagʻal tuklar bilan qoplangan. Gullari mayda, oq, toʻpgul oʻqiga bir tomonlama oʻrnashgan. Urugʻi oq tuklar bilan qoplangan, har mevada 4 tadan yetishadi. Apr. da unadi, may oyida gullaydi: … Читать далее

KIMYO

KIMYO, ximiya — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. K. boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar i. ch., biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va … Читать далее

OʻSIMLIK MODDALARI KIMYOSI INSTITUTI

OʻSIMLIK MODDALARI KIMYOSI INSTITUTI, Oʻzbekiston Respublikasi FAning Sobir Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti — ilmiy tekshirish muassasasi. 1956-yilda Oʻzbekiston FA tarkibidagi Kimyo instituti alkaloidlar kimyosi lab. (1943) negizida tashkil etilgan. Intning asosiy fundamental ilmiy va amaliy yoʻnalishi oʻsimliklar tarkibidagi biologik faol moddalar hamda sintez yoʻli bilan olingan birikmalarni kimyoviy, farmakotoksikologik va texnologik tadqiq qilish, … Читать далее

NARKOTIK OʻSIMLIKLAR

NARKOTIK OʻSIMLIKLAR — tarkibida odamning markaziy nerv sistemasiga taʼsir koʻrsatadigan har xil sinfga kiruvchi organik moddalar (alkaloid, efir moyi, organik kislotalar, glikozidlar, saponin va b.) mavjud oʻsimliklar. Koʻpchilik Narkotik oʻsimliklardan olinadigan moddalar tibbiyot va vete-rinariyada davolash va ogʻriqsizlantirishda ishlatiladi. Taʼsir qiluvchi moddalari, asosan, alkaloidlar. Koʻpchilik Narkotik oʻsimliklar zaharli va ulardan olinadigan preparatlarning koʻp kabul qilinishi … Читать далее