ZAHARLAR

ZAHARLAR — organizmga taʼsir etganda uning hayot faoliyatini buzib, hayotni xavf ostida qoldiradigan moddalar. Tirik organizmga taʼsir koʻrsatadigan barcha moddalar, jumladan dorilar ham yuqori konsentratsiya va dozada maʼlum darajada uni zaharlaydi (q. Zaharlanish). Z. ning organizmga taʼsir etish kuchi ularning kimyoviy tuzilishi va fizikkimyoviy xossalariga bogʻliq boʻlishidan tashqari, shu tirik organizm toʻqimalari va hujayralarining xususiyatlariga ham bogliq. 3. organizm hujayralari bilan toʻqimalarining tarkibiga kirgan va toʻqimalardagi almashinuvda qatnashadigan moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, taʼsir etadi. Hujayra protoplazmasining oqsil strukturasini yemiradigan moddalar (mas, kuchli kislota va ishqorlar, yuqori konsentratsiyali tuzlar) hech istisnosiz barcha tirik hujayralarni harob qiladi. Moddalar almashinuvini bir maromda taʼminlovchi ferment sistemalarni bogʻlaydigan yoki yemiradigan 3. xavfliroqdir. 3. oʻsimlik, hayvon, mineral va kimyoviy sintez mahsulotlariga boʻlinadi. Baʼzan jonivorlar (ilonlar va boʻgʻimoyoqlilar—ari, asalari, qoraqurt, chayon va h. k.) Z. ning aksarisi oqsil strukturalidir. Oʻsimlik Zaharlar iga, asosan, alkaloidlar kiradi, ulardan akonitin (parpi), muskarin (muxomor), nikotin (tamaki barglari), anabazin (itsigek), atropin (belladonna), fizostigmin (kalabar dukkagi) koʻproq zaharli. Baʼzi oʻsimlik glikozidlari, ayniqsa yurakka taʼsir etadigan glikozidlar, mas, digitoksin (digitalis glikozidi), strofantin va b. ham yuqori konsentratsiyada zaharlidir. Patogen mikroorganizmlar chiqaradigan va kasallikka sabab boʻladigan toksinlar ham 3. hisoblanadi. 3. odam va hayvon organizmiga turli yoʻllar b-n, asosan, hazm va nafas aʼzolari, qisman teri orqali kiradi. Turmushda zaharlanishga sabab boʻladigan Zaharlarning aksarisi organizmga ovqat bilan kiradi. Bunday Zaharlarga mikroblarning faoliyati natijasida hosil boʻladigan botulotoksinkolbasa zahari (q. Botulizm), zaharli zamburugʻlar, zaharli oʻsimliklar (bangidevona, belladonna) mevalari va tugunaklarida uchraydigan moddalar kiradi, Zaharli oʻsimliklar goho yaylovdagi mollarning zaharlanishiga sabab boʻladi. Yonilgʻi gazlarning chala yonish jarayonida hosil boʻladigan is gazi xavfli zaharli gaz hisoblanadi. Kasbga alokador 3., yaʼni sanoatda va q. x. da ishlatiladigan zararli kimyoviy moddalar ham bor. Sanoatdagi zaharli moddalarga qoʻrgʻoshin, simob, mis, margumush birikmalari, anilin, benzol, vodorod sulfid va b. koʻpgina uchuvchan organik moddalar; q. x. da ishlatiladigan zaharli moddalarga gerbitsidlar, defoliantlar, pestitsidlar va b. kiradi. Organizmning hayot faoliyatida ishlanib chiqadigan, ammo kasallik natijasida organizmdan chiqib ketmaydigan moddalar (mas, uremiyada azotli tashlandilar) ham Zaharlar dir. 3. organizmdan buyraklar, ichak, oʻpka orqali, baʼzilari esa qisman ter, sut bilan chiqib ketadi.

Aziza Erkaxoʻjayeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x