KOKAINIZM

KOKAINIZM,kokainomaniya — giyohvandlik (narkomaniya, bangilik) ning bir turi; ogriqsizlantiruvchi alkaloidlar guruhiga mansub kokainga oʻrganib qolish, uni isteʼmol qilmasdan turolmaslik. Kokainni giyohvandlar teri ostiga, venaga yuborib, koʻp hollarda hidlab kayf (eyforiya) qiladilar. Birinchi marta isteʼmol qilgan kishi xushchaqchaq, sergap, serharakat boʻlib qoladi, fikrlashi tiniqlashgandek tuyuladi va har xil ishlarni bajarishga ishtiyoqi kuchayadi; 2—3 soat oʻtgach, bu holat kayfiyatning aynishi, umumiy holsizlanish, taʼsirchanlikning kuchayishi va loqaydlik bilan almashinadi.

Kokainizmda oʻtkir va surunkali zaharlanish kuzatiladi. Oʻtkir zaharlanishda yuz oqaradi, koʻz qorachiqlari kengayadi, yurak urishi tezlashadi. Bosh aylanadi, holsizlik, nafas markazining falajlanishi roʻy beradi, oqibatda nafas toʻxtab qolishi mumkin. Surunkali zaharlanishda kokainga juda tez oʻrganib qolinadi va giyohvandlarning shaxsi tezda tubanlashib (degradatsiya) ketadi. Kokainizmga mubtalo boʻlganlar tez orada qoʻpol, ezma, xudbin, shubhalanuvchan, taʼsirchan, isqirt, qarimsiq boʻlib qoladi. Mehnat qilmay tekinxoʻrlarcha hayot kechiradi va butunlay odamgarchilikdan chiqib ketadi. Kokainni surunkali va uzoq vaqt isteʼmol qilgan giyohvandlarda kokain psihozi (illyuziyalar, qoʻrqinchli koʻruv gallyutsinatsiyalari, taktil gallyutsinoz, rashk va b.), vasvasalar koʻzatilishi mumkin. Keyingi yillarda ogʻriqsizlantiruvchi preparatlarning koʻpgina boshqa turlari paydo boʻlishi tufayli davolash amaliyotida kokainni qoʻllash taqiqlangan, shu bois uni isteʼmol qilish kamaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x