NARGIS

NARGIS, narsiss (Narcissus L.) — chuchmomadoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi. Piyozboshi kup yillik. Bargi nashtarsimon. Guli, odatda, sariq yoki oq, yakka yoki gulband uchida bir nechtadan joylashgan. Gulkoʻrgʻoni silindrsimon nayli, qoʻngʻiroqsimon yoki ko-sachasimon tojli. Mevasi etli koʻsakcha. Koʻpincha, Oʻrta dengiz r-nlarida usa-digan 30 ga yaqin (boshqa maʼlumotga koʻra 60 tacha) turi bor. Oʻzbekistonda 2 ta turi uchraydi: N. pseudonarcissus L. — soxta yoki sariq Nargis, gulqoʻrgʻon barglari oq. Bachki (soxta) toji sariq, chin tojbarglariga nisbatan ancha qisqa. N. poeticus L. — nafis yoki oq N. Har ikkala turi koʻp yillik, piyozli, manzarali usimlik hisoblanib, apr. oyida gullaydi. Baʼzi turlarining gullarida xushboʻy efir moyi, piyozboshida alkaloidlar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x