ITUZUMDOSHLAR

ITUZUMDOSHLAR (Solanaceae) – ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Oʻt, butachalar, lianalar va kichik daraxtlardan iborat. Barglari yonbargchasiz, ketma-ket joylashgan, gullari ikki jinsli. Kosachasi va gultoji 5 boʻlakli. Changchisi 5 ta. Mevasi — rezavor yoki koʻsakcha. Ituzumdoshlarning 90 turkumi, 2900 turi boʻlib, ular yer sharining moʻtadil iqlimli, tropik, subtropik mintaqalarda, xu-susan, Jan. va Markaziy Amerikada keng tarqalgan. Ituzum, pomidor, mandragora, oqchingʻil kabi turkumlari katta ahamiyatga ega. Ituzumdoshlarga kartoshka, pomidor, tamakigul, tamaki va b. ekinlar kiradi. Koʻpchilik Ituzumdoshlar — skopoliya, mingdevona, bangidevona va b. tarkibida alkaloidlar bor. Baʼzi Ituzumdoshlar manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x