IPEKAKUANA

IPEKAKUANA (Cephaelis ipecacuanna) — shoʻradoshlar oilasiga mansub doim yashil buta. Boʻyi 15—60 sm. Ildizi ingichka, silliq, shoxlangan. Braziliya, Boliviya va Kolumbiyaning nam tropik oʻrmonlarida usadi. Tropik zonalarda ekiladi. Ildizi koʻngil aynatuvchi yoqimsiz qidli, tarkibida alkaloidlar, oshlovchi va b. modsalar bor. Ildizidan emetin, psixotrin, sefaelin va b. alkaloidlar olinadi. Ipekakuana oʻsimligining quritilgan ildizidan Ipekakuana degan qustiruvchi dori tayyorlanadi. Uning kichik dozasi bronxial bezlar funksiyasini kuchaytiradi, balgʻamni suyultiradi, shuning uchun balgʻam koʻchi-ruvchi sifatida koʻproq ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x