MUHAMMAD DOʻST

MUHAMMAD DOʻST Murod (1949.12.4, Samarqand viloyati Jom qishlogʻi) — yozuvchi va jamoat arbobi. ToshDU tarix ftining falsafa boʻlimini tugatgan (1971), Moskvadagi Adabiyot intida oʻqigan (1974-79). «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida ssenariychi (1979—84), «Sharq yulduzi» jur. ida boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari (1984—89), «Literaturnaya gazeta»ning muxbiri (1989—90), Prezident devonida masʼul xodim (1990—92), OʻzR Milliy axborot agentligi bosh direktori (1992-93; … Читать далее

MIRVALIYEV

MIRVALIYEV Sobir (1933.2.1, Tosh-kent) — adabiyotshunos olim. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Filol. fanlari d-ri (1971), prof. (1978). Toshkent kechki pedagogika in-tini tugatgan (1956). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-ti Adabiyot muzeyida kichik ilmsy xodim (1957), «Oʻzbek tili va adabiyoti masalalari» jur. da adabiy xodim (1958—62), in-tda katta ilmiy xodim (1962—74), Toshkent madaniyat in-ti … Читать далее

MUALLIFLIK HUQUQI

MUALLIFLIK HUQUQI — keng maʼnoda — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, foydalanish va ququqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining bir boʻlimi. Top maʼnoda — asar muallifiga tegishli boʻlgan va qonunlarda mustahkamlanib qoʻyilgan shaxsiy va mulkiy huquklar tizimini tashkil etadi. Mualliflik huquqi h – boʻyicha munosabatlar har bir … Читать далее

MUHITDINOV

MUHITDINOV Qutbiddin (1906.19.11 — Samarqand viloyati Urgut tumani — 1983.17.12) — matnshunos, manbashu-nos, lugʻatshunos olim. Filol. fanlari nomzodi (4972). 1956—61 y. larda Tojikiston FA Til va adabiyot in-tida, 1961 — 1982-y. larda Uzbekiston FA Til va adabiyot hamda Sharqshunoslik in-tlarida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Qutb, S. Saroyi, Xoʻjandiy asarlarining zamonaviy imloda nashr etilishiga, Alisher … Читать далее

MESROP MASHTOS

MESROP MASHTOS (361-440) – arman olimi, maʼrifatparvar, arman alifbosining asoschisi. Shoh saroyida mirzo boʻlib xizmat qilgan, keyinchalik ruhoniylik yoʻliga oʻtgan. 387-yilgi bitimga asosan Armaniston 2 qismga boʻlinadi. Mamlakatning katta qismi Eronga oʻtadi. Xoz. Armaniston hududida qolgan armanlarga faqat suryoniy maktablarida oʻqish va shu tildan foydalanishga ijozat etiladi. Yunon tili taqiqlanadi. Milliy alifbo va yangi adabiyot … Читать далее

KLASSIKA

KLASSIKA (lot. classicus — namunali) — 1) antik davr — Yunoniston, ellinizm va Qad. Rim adabiyoti va sanʼati; 2) keng maʼnoda — insoniyatning badiiy merosidagi olamshumul qimmatiga ega boʻlgan, eng mukammal asarlar. Adabiyot va sanʼatdagi ijodi butun dunyoda tan olingan, asarlari katta gʻoyaviy-badiiy qimmatga ega boʻlgan mashhur ustalar klassiklar deb yuritiladi. Пост Навигацияси

MEKSIKA

MEKSIKA (Mexiko), Meksika Qoʻshma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shim. Amerikaning jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 1958,2 ming km2. Aholisi 101,9 mln. kishi (2001). Poytaxti — Mexiko sh. Maʼmuriy jixatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Meksika — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917-y. 5 fev. dagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, … Читать далее

MAHSULOT

MAHSULOT — iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy Mahsulot koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i. t. natijalari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, informatsion Mahsulotlar, adabiyot va sanʼat asarlari — intellektual Mahsulotlar yaratiladi. Xizmat koʻrsatish sohasida yaratiladigan va moddiy koʻrinishga ega boʻlmagan Mahsulotlar, odatda, moddiy-ashyo shakliga ega … Читать далее

PUSHTUNLAR

PUSHTUNLAR, pushtular — 1) Af-gʻonistondan tashqarida (asosan, Pokistonda) yashovchi afgʻonlarning etnik nomi (ilgarigi nomi — patanlar). Umumiy soni — 14 mln. ga yaqin (2002). Pushtu tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar, oz qismi shialar. Pushtunlarda qabila va xellarga (qabiladan kichik, to urugʻgacha boʻlgan birlik) boʻlinish saqlangan. Eng yirik qabilalar: Xaybar dovoni atrofida afridiylar, momandlar, … Читать далее

POKISTON

POKISTON, Pokiston Islom Respublikasi (Islami Jamhyriya Pakistan) — Osiyo jan. da, Hindiston ya. o. ning shim.-gʻarbidagi davlat. Mayd. 803,9 ming km2. Aholisi 147,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Islomobod sh. Maʼmuriy jihatdan 4 provinsiya, federal poytaxt hududi va federal xukumat tomonidan boshqariladigan qabilalar hududiga boʻlingan. Davlat tuzumi. Pokiston — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi … Читать далее