MAHSULOT

MAHSULOT — iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy Mahsulot koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i. t. natijalari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, informatsion Mahsulotlar, adabiyot va sanʼat asarlari — intellektual Mahsulotlar yaratiladi.

Xizmat koʻrsatish sohasida yaratiladigan va moddiy koʻrinishga ega boʻlmagan Mahsulotlar, odatda, moddiy-ashyo shakliga ega boʻlmaydi. Oʻziga xos xususiyati shundaki, uning foydali samarasini xizmatni yaratish, koʻrsatish jarayonlaridan ajratib boʻlmaydi. Mac, vrachlar, oʻqituvchilar xizmati Mahsulot oraliq va pirovard Mahsulot larga boʻlinadi. Oraliq Mahsulot — ishlab chikaruvchilardan ishlab chiqaruvchilarga sotiladigan Mahsulot boʻlib, i. ch. ning keyingi bosqichlarida foydalanilishi bilan lirovard Mahsulotdan farq qiladi. Mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan va yalpi qiymati bozor narxlarida hisoblangan jami milliy iqtisodiyetning pirovard M. i yalpi ichki mahsulot (YAIM) ni tashkil qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x