PUSHTUNLAR

PUSHTUNLAR, pushtular — 1) Af-gʻonistondan tashqarida (asosan, Pokistonda) yashovchi afgʻonlarning etnik nomi (ilgarigi nomi — patanlar). Umumiy soni — 14 mln. ga yaqin (2002). Pushtu tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar, oz qismi shialar. Pushtunlarda qabila va xellarga (qabiladan kichik, to urugʻgacha boʻlgan birlik) boʻlinish saqlangan. Eng yirik qabilalar: Xaybar dovoni atrofida afridiylar, momandlar, orakzoylar; Peshovar shim. da yusufzoylar, jan. va gʻarbida bangashlar, xattaklar, soʻngra vazirlar; Shim. Balujistonda — kakarlar yashaydi va b. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, yaylov chorvachiligi; bir qismi koʻchmanchilar. Pushtunlar boy folklorga ega, turli raqs va ashulalari mavjud. Pushtu tilida adabiyot rivojlanmoqda. Pushtunlar tarixi 20-a. gacha af-gʻonlar tarixi b-n uzviy bogʻliq (q. Af-gʻoniston);

2) afgʻonlar oʻzlarini Pushtunlar deb atashadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x