MESROP MASHTOS

MESROP MASHTOS (361-440) – arman olimi, maʼrifatparvar, arman alifbosining asoschisi. Shoh saroyida mirzo boʻlib xizmat qilgan, keyinchalik ruhoniylik yoʻliga oʻtgan. 387-yilgi bitimga asosan Armaniston 2 qismga boʻlinadi. Mamlakatning katta qismi Eronga oʻtadi. Xoz. Armaniston hududida qolgan armanlarga faqat suryoniy maktablarida oʻqish va shu tildan foydalanishga ijozat etiladi. Yunon tili taqiqlanadi. Milliy alifbo va yangi adabiyot yaratish ehtiyoji kuchayadi. Mesrop Mashtos arman tilining to-vush tizimini oʻrganib, shu asosda arman alifbosini tuzadi (405—406). Bu alifbo 16 a. dan beri oʻzgarishsiz qoʻllanib kelmoqda. Mesrop Mashtos «Injil»ni arman tiliga tarjima qilgan, xristianlikning pandnasixatlari haqida kitob yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x