GIDROXORIYA

GIDROXORIYA (gidro… va yun. choreo — tarqalaman) — diasporalar (urugʻ, spora va b.)ning suv orqali tarqalishi. Gidroxoriya tasodifiy yoki doimiy boʻlishi mumkin. Tasodifiy Gidroxoriya diasporalarning suvda oqib borayotgan predmetlar yoki suv oqimi bilan tarqalishidir. Doimiy Gidroxoriya diasporalarning morfologik tuzilishi va biologik xususiyatlari (suvda ivimaslik, oʻzida havo saklovchi parenxima yoki havoli boʻshliklar boʻlishi) bilan bogʻliq. Doimiy … Читать далее

GIDROTEXNIKA BETONI

GIDROTEXNIKA BETONI — suvga chidamli ogʻir beton; doimo yoki vaqtvaqti bilan suvda yoki suvli muhitda boʻladigan inshootlarni qurishda ishlatiladi. Gidrotexnika betoni suv oʻtkazmasligi, siqilish va kengayishga chidamliligi bilan boshqa tur betonlardan ajralib turadi. Gidrotexnika betoni tayyorlash uchun portlandsement va uning turlaridan foydalaniladi. Toʻldiruvchi sifatida qum, shagal va mayda tosh ishlatiladi. Gidrotexnika betoniga har xil qoʻshimchalar … Читать далее

GIDROSLYUDALAR

GIDROSLYUDALAR — qatlam strukturali alyumosilikatlar guruhining slyudasimon minerallari. Tarkibida qoʻshimcha suv va oksoniy (N3O|+) boʻlishi mumkin. Gidroslyudalar turli slyudalartit kaolin, montmorillonit, vermikulit va xloritlarga bosqichli oʻtishidagi oraliq mahsulotidir. Gidroslyudalarning eng koʻp tarqalganlari: gidromuskovit (illit), rektorit, glaukonit, gidrobionit. Qizdirilganda Gidroslyudalarning hajmi ancha kengayadi. Gidroslyudalarning aksariyati granit, pegmatit va b. togʻ jinslardagi slyudali minerallarning nurashi va oʻzgarishidan … Читать далее

GIDROLOKATOR

GIDROLOKATOR (gidro… va lot. loco — joylashtiraman) — suv ostidagi obyektlarning vaziyatini tovush signallari yordamida aniqlaydigan gidroakustik st-ya (asbob). G. yordamida suv ostidagi obyekt (mas, choʻkkan kema) gacha boʻlgan masofa, qiya uzoqlik boʻyicha suvga botish chuqurligi, vertikal tekislik boʻyicha obyekt tomonga yoʻnalish burchagi aniqlanadi. Gidrolokatorning ishlash tarzi quyidagicha: generator ishlab chiqaradigan elektr kuchlanishlar impulsi «qabul … Читать далее

GIDROKON

GIDROKON,gidravlik kon — qazilma boyliklar (mas, koʻmir)ni qazish, tashish va yer sirtiga chiqarish ishlari suv oqimi energiyasi hisobiga bajariladigan shaxta. G. da suv manbai shaxtaga okib keladigan yer osti suvlari hisoblanadi. Koʻmir yuqori (5 — 10 Mya/m2) bosimli suv oqimi taʼsirida uvalatiladi yoki oldin mexanik tarzda uvalatilib, keyin suv oqimida yuvib tushiriladi. Suvni konga markazdan … Читать далее

GIDROGEOLOGIK KESIM

GIDROGEOLOGIK KESIM, gidrogeologik profil — yerning maʼlum qismidagi, maʼlum yoʻnalishidagi suvli gorizontlar va suv oʻtkazmaydigan qatlamlarning vertikal tuzilgan grafik tasviri. Gidrogeologik kesim burga quduqlari qazish natijasida olingan maʼlumotlarga asoslanib tuziladi. Gidrogeologik kesimda yer osti suvlari sathining yer ustiga nisbatan holati, suvli qatlamlardagi suvning harakat yoʻnalishi va qatlamlarni tashkil etgan togʻ jinsining geologik yoshi koʻrsatiladi. Odatda, … Читать далее

GIDRANT

GIDRANT (gidro…) — vodoprovod tarmogʻiga (yoʻliga) urnatiladigan suv olish kolonkasi yoki krani. Koʻchalarga suv sepish, yongʻinni uchirish, ichimlik suv bormagan joylarga suv olib ketish va b. uchun qoʻllaniladi (yana q. Oʻt uchirish gidranti). Пост Навигацияси

GIDRAVLIK DVIGATEL

GIDRAVLIK DVIGATEL — suyuqlikning mexanik energiyasini yetakchi zveno (val, shtok)ning mexanik energiyasiga aylantiruvchi mashina. Ishlash tarziga kura dinamik (gidravlik turbina, suv gʻildiragi) va hajmiy (gidrotsilindr) xillari bor. Dinamik Gidravlik dvigatelda yetaklanuvchi zveno suyuqlik oqimining harakat miqdori momenti oʻzgarishi hisobiga siljiydi va faqat aylanma harakat qiladi. Hajmiy Gidravlik dvigatelda uning ish organi suyuklikning gidrostatik bosimidan harakatlanadi; … Читать далее

BZIB

BZIB — Gʻarbiy Kavkazdagi daryo. Bosh Kavkaz tizmasining jan. gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib, Qora dengizga kuyiladi. Uz. 110 km, havzasining mayd. 1510 km2. Qor va muzlikdan, quyi qismida yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 97 m3/sek. Bzib deyarli muzlamaydi. Bzib vodiysi boʻylab Ritsa kuliga avtomobil yoʻli oʻtgan. Пост Навигацияси

VOLFRAM KARBID

VOLFRAM KARBID, WC — volfram monokarbid, kulrang, geksogonal panjarali kristall modda. osmodifikatsiyasi barqaror boʻlib, 2525° dan yuqorida (5-WC kubsimon panjarali kristall holatga oʻtadi, 2720° da parchalanadi. Zichligi 15,6 g/sm3, Moos shkalasi boʻyicha qattiqligi 9. Havoda 430° gacha barqaror, 800—1200° da WO3 gacha oksidlanadi. Nitrat va sulfat kislotalar b-n, xlorid va nitrat kislotalar aralashmasi (3:1) bilan … Читать далее