GIDROSLYUDALAR

GIDROSLYUDALARqatlam strukturali alyumosilikatlar guruhining slyudasimon minerallari. Tarkibida qoʻshimcha suv va oksoniy (N3O|+) boʻlishi mumkin. Gidroslyudalar turli slyudalartit kaolin, montmorillonit, vermikulit va xloritlarga bosqichli oʻtishidagi oraliq mahsulotidir. Gidroslyudalarning eng koʻp tarqalganlari: gidromuskovit (illit), rektorit, glaukonit, gidrobionit. Qizdirilganda Gidroslyudalarning hajmi ancha kengayadi. Gidroslyudalarning aksariyati granit, pegmatit va b. togʻ jinslardagi slyudali minerallarning nurashi va oʻzgarishidan vujudga keladi. Shuningdek, Gidroslyudalar alyumosilikatli dengiz choʻkindilarining diagenez natijasida parchalanishidan ham hosil boʻladi. Kamdan-kam Gidroslyudalar past haroratli gidrotermal hosilalarida yondosh jinslardagi rudali tomirlarning oʻzgarishidan paydo boʻladi. Gidroslyudalar adsorbent, mineral oʻgʻit sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x