GIDROTEXNIKA BETONI

GIDROTEXNIKA BETONI — suvga chidamli ogʻir beton; doimo yoki vaqtvaqti bilan suvda yoki suvli muhitda boʻladigan inshootlarni qurishda ishlatiladi. Gidrotexnika betoni suv oʻtkazmasligi, siqilish va kengayishga chidamliligi bilan boshqa tur betonlardan ajralib turadi. Gidrotexnika betoni tayyorlash uchun portlandsement va uning turlaridan foydalaniladi. Toʻldiruvchi sifatida qum, shagal va mayda tosh ishlatiladi. Gidrotexnika betoniga har xil qoʻshimchalar (havoni tortuvchi, yumshatuvchi, zichlovchi va b.) qoʻshish bilan uning sifati oshiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x