BUYRAK SANCHIGʻI

BUYRAK SANCHIGʻI — buyrakning ayrim kasalliklari belgisi. Birdaniga belda qattiq ogʻriq turadi, baʼzan u chov sohasiga, songa, jinsiy aʼzolarga tarqaladi. Ogʻriqning zoʻridan bemor oʻzini qoʻygani joy topa olmay qoladi. Baʼzan sanchiq vaktida kasal botbot siyadi (bu toshning siydik nayining qovuq oldi yoki qovuq ichida turganini bildiradi), qayt qiladi, yel chiqmaydi, qorni dam boʻladi, harorati koʻtariladi, … Читать далее

GAMMA TUNLAMI

GAMMA TUNLAMI (Phytometra gamma L.) — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 40—48 mm; oldingi qanotlari toʻq qoʻngʻir yoki kulrangroq boʻlib, yunon harfi — gamma (u) shaklidagi kumushsimon dogʻi bor (nomi shundan); Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz, Markaziy Osiyo va b. yerlarda tarqalgan. Juda koʻp ekinlar: dukkaklilar, sabzavot, makkajoʻxori va b. ni zararlaydi. Tuxumi tiniq oq, … Читать далее

BOʻGʻIM

BOʻGʻIM — 1) (botanikada) poya va novdaning barg, kurtak, baʼzan qoʻshimcha ildiz hosil qiladigan kismi (nudus). Boshlangʻich barg bilan birga oʻsish konusidan shakllanadi. Boʻgʻim orqali bargdan oʻtkazuvchi nay tolali boylamlar poyaga oʻtadi. Poya bilan novdaning 2 boʻgʻim oʻrtasidagi qismi Boʻgʻim oraligʻi deyiladi; 2) umurtqasiz hayvonlar (boʻgʻimoyoqlilar, halqalilar) ning bir qancha guruhlarida tana va organlar (mas, … Читать далее

BUZOQBOSHILAR

BUZOQBOSHILAR (Gryllotalpidae) toʻgʻri qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Q. x. ekinlarining juda koʻp turlari zararkunandasi. Uzunchoq tanasi 35—50 mm, usti qoʻngʻir, qorin tomoni sargʻishqoʻngʻir tusda; ustqanoti kalta; orqa qanotlari yaxshi rivojlangan; keng, yoʻgʻon oldingi oyoqlari yer qazishga moslashgan. Buzoqboshilar asosan yer tagida yashaydi, yer ustiga juda kam chiqadi. Tuproqda gorizontal yoʻllar qaziydi va 10—20 sm … Читать далее

GIDRONEFROZ

GIDRONEFROZ (gidro… va yun. nephros — buyrak) — buyrak istisqosi. Buyrak jomi va kosachalarining kengaya borishi natijasida buyrak oʻlchamining kattalashaverishi bilan namoyon boʻladi. Asosan buyrak jomining siydik nayiga oʻtish qismida (piyeloureteral segment) mexanik toʻsiq borligi Gidronefrozga sabab boʻladi. Shu sohada tosh turib qolishi yoki oʻsma paydo boʻlishi ham Gidronefrozga olib keladi. Gidronefroz chaqaloqlarda ham, keksalarda … Читать далее

GASTRIT

GASTRIT (yun. gaster — meʼda, oshqozon) — meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi; koʻpincha meʼdaning sekret (meʼda shirasi ajralishi) va harakat faoliyatining izdan chiqishi bilan birga kechadi. Odamlarda notoʻgʻri ovqatlanish, spirtli ichimliklarga ruju qilish, achchiq va shoʻr narsalarni muntazam isteʼmol qilish, ovqatdan zaharlanish, bilar-bilmas turli dorilar qabul qilish, allergiya, Helicobacter pylori mikrobi va b. sabab boʻladi. Kasallikning … Читать далее

BIQIN

BIQIN — gavdaning bir qismi; qorin boʻshligʻining yon devori, serbar muskullar (tashqi va ichki qiyshiq muskullar, koʻndalang muskul), qorin pardadashqaridan teri va teri osti yogʻ qatlamlari va ularning bagʻrida tarqalgan qon tomirlari va nervlardan iborat. Biqin yuqoridan pastki qovurgʻa ravoqlari, pastdan yonbosh suyagining ustki qirrasi, orqa tomondan — 11 qovurgʻaning uchidan yonbosh suyagiga oʻtkazilgan tik … Читать далее

BOTQOQ MOSHAGI

BOTQOQ MOSHAGI (Limicola falcineils) — baliqchilar turkumining chuldoqlar oilasiga mansub qush. Boʻyi 9,5—11 sm, ogʻirligi 50 g cha, boshining ustida toʻq qoʻngʻir va ikkita oq yoʻli bor. Tanasining orqasidagi patlari qoramtir, chetlari toʻq malla, koʻkrak va qorin tomoni oq. Botqoq moshagi tundra va oʻrmontundrada yashaydi. Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya va Osiyoning shim. qismida uya solib, bola … Читать далее

BOLTAYUTAR

BOLTAYUTAR (Gypaetus barbatus) — yirtqich qushlar turkumining qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub qush. Oʻzbekistonda uchraydigan yirtqich qushlarning eng yirigi. Uz. 1,1 m gacha, qanoti yoyilganda 2,7 m ga boradi. Boshi va tanasining qorin tomoni oqish yoki sargʻish, orqa tomoni qoramtir. Tumshugi ostida qattiq qilsimon patlardan hosil boʻlgan bir tutam kokili bor. B. Markaziy Osiyo, Arabiston, Jan. Yevropa … Читать далее

GANGRENA

GANGRENA (yun. gangraina — irish) , qorason — tirik tana, aʼzo yoki toʻqimalar bir qismining irib nobud boʻlishi, nekroznnsh bir turi. Barcha toʻqima va aʼzolarda (teri, teri osti yogʻ qatlami, muskullar, ichak, oʻt pufagi, oʻpka), koʻpincha qoʻl-oyoq va qorin boʻshligʻidagi aʼzolarda uchraydi. Gangrena asosan qon tomirlari kam boʻlgan soha va aʼzolar (mas, barmoqlar, qoʻl-oyoq panjasi, … Читать далее