BOʻGʻIM

BOʻGʻIM — 1) (botanikada) poya va novdaning barg, kurtak, baʼzan qoʻshimcha ildiz hosil qiladigan kismi (nudus). Boshlangʻich barg bilan birga oʻsish konusidan shakllanadi. Boʻgʻim orqali bargdan oʻtkazuvchi nay tolali boylamlar poyaga oʻtadi. Poya bilan novdaning 2 boʻgʻim oʻrtasidagi qismi Boʻgʻim oraligʻi deyiladi;

2) umurtqasiz hayvonlar (boʻgʻimoyoqlilar, halqalilar) ning bir qancha guruhlarida tana va organlar (mas, oyoqlar, moʻylovlar, koʻkrak yoki qorin) ning ayrim qismlarini oʻzaro harakatchan tutashtirib turadigan strukturasi (segmentatsiya);

3) umurtqali hayvonlar va odamlar suyaklarining harakatchan birikishini taʼminlaydigan struktura (articulatio). Umurtqali hayvonda Boʻgʻimning asosiy elementi oʻzaro harakatchan qoʻshiladigan suyaklarning togʻay bilan qoplangan yuzasi, suyaklarni ajratib turuvchi va sinovial suyuqpik bilan toʻlgan boʻshliq, bu boʻshliqni chegaralab turuvchi boʻgʻim kapsulasi (xaltasi) dan iborat. Hayvonlar evolyutsiyasi davomida harakatlanishning takomillashuvi bilan Boʻgʻimning shakli va xususiyati oʻzgarib borgan. Yuzasi shakliga binoan Boʻgʻim sharsimon, ellipssimon, egarsimon va b. xilda; siljish yoʻnalishi va darajasiga binoan harakatchan, chala harakatchan, bir, ikki va koʻp oʻqli boʻladi. Boʻgʻimning erkin harakatlanish darajasini uning shakli, boʻrtiqlari, paylarning tarangligi, kapsulalar cheklab turadi. Sinovial suyuqlik B. yuzasining siljishi, tormozlanishini taʼminlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x