GIDRONEFROZ (gidro… va yun. nephros — buyrak) — buyrak istisqosi. Buyrak jomi va kosachalarining kengaya borishi natijasida buyrak oʻlchamining kattalashaverishi bilan namoyon boʻladi. Asosan buyrak jomining siydik nayiga oʻtish qismida (piyeloureteral segment) mexanik toʻsiq borligi Gidronefrozga sabab boʻladi. Shu sohada tosh turib qolishi yoki oʻsma paydo boʻlishi ham Gidronefrozga olib keladi. Gidronefroz chaqaloqlarda ham, keksalarda ham uchraydi. Bu asosan mexanik toʻsiqning kattakichikligi va toʻsilib qolgan sohaning qanchalik torayganligiga bogʻliq. Gidronefrozda bolalar baʼzan bezovta boʻlib, qorni yoki kindik atrofi simillab ogʻriydi. Katta yoshdagilarda esa Gidronefroz bor tarafdagi bel sohasi uvishib, ogʻriydi, vaqt-vaqti bilan ogʻriq kuchayishi ham mumkin. Siydikda leyqotsitlar, baʼzan eritrotsitlar paydo boʻlib, vaqt oʻtgan sari siydik zichligi kamaya boradi. Bemorning qorni paypaslanganida buyrak qoʻlga unnashi mumkin. Kechiktirilgan hollarda esa hatto qorin old devori boʻrtib turadi. Ultratovush tashhisda va ekskretor urogrammada buyrak kosacha-jom sistemasi kengayganligi qayd etiladi. Tashhis qoʻyish kechikkan sari buyrak tobora kattalashaverib, nihoyat suyuqlik bilan toʻla xaltachaga oʻxshab qoladi va oʻz faoliyatini yoʻqotadi. Bu holda jarroxdik usuli bilan buyrak olib tashlanadi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии