BOTQOQ MOSHAGI

BOTQOQ MOSHAGI (Limicola falcineils) — baliqchilar turkumining chuldoqlar oilasiga mansub qush. Boʻyi 9,5—11 sm, ogʻirligi 50 g cha, boshining ustida toʻq qoʻngʻir va ikkita oq yoʻli bor. Tanasining orqasidagi patlari qoramtir, chetlari toʻq malla, koʻkrak va qorin tomoni oq. Botqoq moshagi tundra va oʻrmontundrada yashaydi. Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya va Osiyoning shim. qismida uya solib, bola ochadi. Qishlash uchun Oʻrta dengiz, Jan. Osiyo va Avstraliyaga uchib ketadi. Oʻzbekistonda Botqoq moshagini bahor va kuzda koʻl, daryo qirgʻoqlarida, suvga yaqin va botqoq yerlarda uchratish mumkin. Botqoq moshagi mayda mollyuskalar, suvda va suv yaqinida yashaydigan hasharotlar va ularning kurtlari bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x